So’nggi yangiliklar

16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  0 16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0

Pro liganing 10-jamoasi nomi aniq bo'ldi Yangiliklar

Pro liganing 10-jamoasi nomi aniq bo'ldi

Teglar :  Aralpro liga
Pro liganing 2020 yilgi mavsumida 8 klub g'oliblik uchun kurash olib borgandi. Yakunda “Turon” Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

“Buxoro” futbol klubi esa Superligada eng kam ochko jamg'argan klub sifatida 2021 yilni Pro ligada o'tkazadigan bo'ldi. 

Reglamentga ko'ra, 2020 yilgi mavsum Pro ligada so'nggi o'rinni egallagan klub Birinchi ligaga tushirilishi, Pro liganing ettinchi jamoasi esa Birinchi liganing ikkinchi jamoasiga qarshi o'tish o'yinida ishtirok etishi belgilangandi. SHunga ko'ra, Pro ligani so'nggi — 8-o'rinda yakunlagan “Zomin” musobaqani tark etdi. Birinchi liga g'olibi “Yangier” esa Pro liganing navbatdagi ishtirokchisiga aylandi. 

Pro liganing ettinchi jamoasi “Xorazm” hamda Birinchi liganing ikkinchi jamoasi “Paxtakor-farm” o'rtasida o'tilishi lozim bo'lgan bellashuv bekor qilindi. Boisi, O'FA Ijroqo'mining 2020 yil 28 noyabrdagi yig'ilishida Qoraqalpog'istonda futbolni rivojlantirish dasturi asosida “Aral” futbol klubining Pro liga musobaqasida istisno tariqasida ishtirok etishiga ruxsat berildi hamda Pro liga ishtirokchilari 2021 yilgi mavsumdan boshlab 10 ta qilib tasdiqlandi. SHundan kelib chiqib, “Xorazm” futbol klubi Pro ligadagi o'rnini o'tish o'yinisiz saqlab qoldi, “Paxtakor-farm” esa o'z-o'zidan liganing 10-jamoasiga aylandi.

SHu yilning 3 fevral kuni “Paxtakor-farm” klubi Pro liga musobaqasida ishtirok etmasligini malum qildi. O'FA Ijroqo'mi Byurosi esa 5 fevral kuni Milliy olimpiya qo'mitasi qoshida tashkil etilayotgan “Olimpik” futbol klubini Pro liganing 10-jamoasi sifatida tasdiqladi. “Olimpik” futbol klubi licenziyalash reglamenti hamda Musobaqalar o'tkazish reglamentidagi barcha talablarni bajarish sharti bilan turnirga qo'shiladigan bo'ldi. 

Pro liganing 2021 yilgi mavsumi uchun qura tashlash marosimi UzReport bilan hamkorlikda ilk marta jonli efirga olib chiqilishi rejalashtirilgan. Marosim sanasi hamda musobaqaning start oladigan kuni keyinroq malum qilinadi. Quyida Pro liga ishtirokchilari to'liq ko'rsatilgan: “Buxoro”, “Neftchi”, “SHo'rtan”, “Dinamo”, “Istiqlol”, “Oqtepa”, “Xorazm”, “Yangier”, “Aral”, “Olimpik”.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика