So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Pro-liga peshqadami "Nurafshon" Farg'onada qay tariqa mag'lub bo'ldi (+Statistika) Yangiliklar

Pro-liga peshqadami "Nurafshon" Farg'onada qay tariqa mag'lub bo'ldi (+Statistika)

Teglar :  NurafshonIftixor
Bugun O'zbekiston Pro-ligasi 18-turi doirasida "Nurafshon" safarda "Iftixor"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ayni damda Pro-liganing "B" guruhida peshqadamlik qilayotgan Vohid Xolboev shogirdlarining Farg'onada mag'lub bo'lganini kutilmagan hol desak bo'ladi. O'tgan turda o'z maydonida "SHerdor"ni yirik 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "nurafshon"chilarning safarda 5-pog'onadagi jamoaga yutqazib qo'yishini hech kim kutmagan bo'lsa kerak.

O'yin teng kurashlar ostida boshlandi. Ikki tomon ham ketma-ket hujumlar uyushtiraverishdi. O'yinning 40-daqiqasida burchakdan oshirilgan to'pdan keyin "Nurafshon" darvozaboni Ravshanbek Yagudin to'pga chiqdi. Biroq to'p undan o'tib ketdi. O'tkir burchakdan Dilmuhammad Hudoyberdiev futbolchi raqib darvozasini ishg'ol qildi, 1:0.

Golgacha "Nurafshon" futbolchisi Orifjon Hakimjonov bo'm-bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi. Goldan keyin esa Farruh SHotursunov ham yaxshigina vaziyat yuzaga kelgandi. Biroq uning ham omadi kelmadi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida markazdan Murod Rajabovning oshirgan pasidan keyin Oripxo'ja Abduholiqov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqqandi. Ammo posbon uning o'ng oyog'iga qattiq tepdi. Hakam penalti belgiladi. 11 metrlik jarimani jabrlanuvchining o'zi aniq amalga oshirdi, 1:1. SHu orqali u Pro-ligadagi 13-golini urdi va to'purarlar poygasidagi yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

Ikkinchi bo'limda ham ikki tomonda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq vaziyatlarning faqatgina bittasidan unumli foydalanildi. 87-daqiqada o'ng qanotdan oshirilgan to'pni yana Dilmuhammad Hudoyberdiev darvozaga joylab qo'ydi, 2:1.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin ham "Nurafshon" va 2-pog'onadagi "SHerdor" bilan orasidagi farq 4 ochkoligicha qoldi. Samarqand jamoasi bu turda dam oldi.

Pro-liganing birinchi davrasi yakunlandi. Endi jamoalar 1 oy davomida hordiq chiqarishadi. 19-tur uchrashuvlari 5 avgustga belgilangan.

Demak, o'yinning statistikasi bilan tanishib oling:

Burchak zarbalari: 6 - 4
Penaltilar: 0 - 1
Sariq kartochkalar: 1 - 0
Hujumlar: 100 - 102
Havfli hujumlar: 87 - 86
To'pni o'zida ushlab turish: 51 - 49
Darvozaga aniq zarbalar: 10 - 4
Noaniq zarbalar: 9 - 8

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика