So’nggi yangiliklar

18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  0 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  1 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  1 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  5 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  34 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3

PRO-Liga. Davron Isaqov: "Besh yil ichida PRO-Ligada ikki bor chempion bo'ldim. Endi navbat Superligaga..." Yangiliklar

PRO-Liga. Davron Isaqov: "Besh yil ichida PRO-Ligada ikki bor chempion bo'ldim. Endi navbat Superligaga..."

Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda PRO-Liga musobaqalari vaqtincha to'xtatilgan.

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib saytimiz muxbirlari PRO-Liga jamoalari futbolchilari bilan intervyular tashkil etishmoqda. Quyida Yaypanning "Turon" jamoasi etakchi futbolchilaridan biri Davron Isaqov bilan tashkil etilgan intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- Ayni damda "Turon" jamoasi mashg'ulotlari qay tarzda o'tmoqda?


- Xabaringiz bor, karantin tartiblari kuchaytirilgach, PRO-Liga o'yinlari vaqtincha to'xtalildi. Ushbu davr mobaynida klubimiz murabbilar shtabi bilan uy sharoitida mashg'ulotlarni olib bormoqdamiz. Joriy mavsumdan umidimiz katta, nasib bo'lsa yil yakunida Superliga yo'llanmasini nishonlaymiz.

- PRO-Liga klublari orasida qaysi jamoaning chempionlikka imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?

- Yuzaga kelgan tanaffus tufayli ayni damda jamoalarning imkoniyatlarini chamalash qiyin. Qaysidir klubning jismoniy tayyorgarligi yuqori, boshqasida unday emas. SHu sababli hech bir jamoani alohida ajratib ko'rsata olmayman.

- Bugunga qadar PRO-Ligada 3 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. "Xorazm" va "Oq-tepa" mag'lub etildi, safardagi uchrashuvda "SHo'rtan" bilan mag'lubiyat. SHu o'yinlar haqida nimalarni ayta olasiz?


- Har uch o'yinga ham jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. "Xorazm" va “Oq-tepa" bilan bo'lgan bahslarda o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Lekin "SHo'rtan"ga qarshi o'yinda tezkor gol qo'yib yuborganimiz hammasini o'zgartirib yubordi. O'yinimizni o'nglab olgunimizga qadar vaqt o'tib ketib qoldi. Umuman aytganda tan olish kerak, "SHo'rtan" yaxshi shakllangan jamoa ekan.

- Pandemiya davrida PRO-Ligani markazlashtirilgan xolda o'tkazish fikriga munosabatingiz qanday?


- O'yinlarni markazlashgan xolda tashkil etilishi bu mavsumning qolgan qismini to'liq o'tkazishga imkon yaratadi. SHuningdek, jamoalar karantin tartiblariga qatiy amal qilishlari taminlanadi, virus yuqish xavfi kamayadi.

- Futbolchi sifatidagi maqsadlaringiz qanday? Bugunga qadar nimalarga erishdingiz, nimalarga endilikda erishmoqchisiz?


- O'tgan 5 yil davomida PRO-Ligada ikki bor chempionlikni qo'lga kiritdim. Nasib bo'lsa kuni kelib Superliga g'olibligini yutishni istayman.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика