So’nggi yangiliklar

17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  1 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  1 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  5 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  10 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  8 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  4 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   2 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  6 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  10

PRO-Liga, “B” guruhi 4-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi 4-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga4-tur
Seshanba kuni bo'lib o'tgan PRO-Liganing 4-tur o'yinlariga oid etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

Futbolda o'ziga yarasha joziba bag'ishlaydigan gollar haqida to'xtalib o'tsak.

4-turning 4ta o'yinida jami 12ta gol qayd etildi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan gol demakdir.

SHundan 7tasini mezbon jamoalar kiritgan. Qolgan 5ta gol mehmonlar hisobiga yozilgan.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 5ta to'p kiritilgan bo'lsa, ikkinchi taymda sermahsullik ortdi va stadionga kelgan muxlislar yana 7ta golga guvoh bo'ldi.
Turning eng tezkor goli 10-daqiqada sodir bo'ldi. “Labsa” himoyachisi Xurshid Hasanov “Xotira-79”ga qarshi o'yinda tezkor gol kiritib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. Ammo uning jamoasi yakunda mag'lub bo'ldi.


Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli esa 89-soniyada yuzaga keldi. “Xotira-79”ning iqtidorli futbolchisi Bobur Mamajonov safarda “Labsa”ga qarshi kechgan bahsda o'z aktiviga ikkita gol yozdirib qo'yishga erishdi. Etiborlisi Mamajonovning dubli uychiliklarga safarda qimmatli uch ochkoni taqdim etdi.  

PRO-Liganing 4-turida dublga erishgan futbolchilari soni 3tani tashkil etdi. Bobur Mamajonov (“Xotira-79”), Akmal Xolmatov (“Iftixor”), Ravshan Yangiev (“G'ijuvdon”). Etiborlisi ushbu futbolchilarning jamoalari mag'lub bo'lmagan.

4-turda avtogol, penalti qayd etilmagan.


4-turda gol urgan futbolchilar

1. Xurshid Hasanov –“Labsa”.
2. Bobur Mamajonov (2ta) –“Xotira-79”.
3. Akmal Xolmatov (2ta) – “Iftixor”.
4. Orif Mamajonov – “Iftixor”.
5. Farrux SHotursunov – “Nurafshon”.
6. Doston Toshmatov – “Zomin”.
7. Abdulla Nabiev -  “SHerdor”.
8. Farzin Muxtorov – “SHerdor”.
9. Ravshan Yangiev (2ta) – “G'ijduvon”.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика