So’nggi yangiliklar

17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  1 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  1 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  5 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  10 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  8 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  4 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   2 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  6 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  10

PRO-Liga, “A” guruhi 4-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi 4-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga4-tur
Seshanba kuni bo'lib o'tgan PRO-Liganing 4-tur o'yinlariga oid etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

Futbolga o'ziga yarasha joziba bag'ishlaydigan gollar haqida to'xtalib o'tsak.

4-turning 4ta o'yinida jami 11ta gol qayd etildi. SHundan 7tasini mezbon jamoalar kiritgan. Qolgan 4ta gol mehmonlar hisobiga yozilgan.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 2ta to'p kiritilgan bo'lsa, ikkinchi taymda sermahsullik ortdi va stadionga kelgan muxlislar yana 9ta golga guvoh bo'ldi.

Turning eng tezkor goli 23-daqiqada sodir bo'ldi. “Istiqlol” himoyachisi Abduxoliq Qurbonov “Dinamo” darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. Etiborlisi uning goli jamoasi g'alabasini taminladi. Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli esa 90+5-daqiqada yuzaga keldi. “Andijon” hujumchisi Davron Isoqov safarda “Surxon”ga kechgan bahsda o'z aktiviga bitta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Ammo uning jamoasi bu safar mag'lubiyatga uchradi.
4-turning “Istiqlol” – “Dinamo” o'yinida toshkentlik hakam Aziz Asimov har ikki jamoa darvozasiga bittadan penalti belgiladi. Avvaliga mezbonlar sardori Abduxoliq Qurbonov unumli foydalangan bo'lsa, ikkinchi bo'limda “Dinamo” futbolchisi Amirjon Safarov ham nuqtadan adashmadi. Ammo uning jamoasi mag'lub bo'ldi.
Poyoniga etgan turda etiborlisi ikkita va undan ortiq gol urgan futbolchi kuzatilmadi. SHuningdek avtogol ham qayd etilmagan.



4-turda gol urgan futbolchilar

1. Abduxoliq Qurbonov – (penalti) “Istiqlol”.
2. Aziz Madaliev –“Istiqlol”.
3. Amirjon Safarov – “Dinamo”.
4. Sanjar Baratov – “Norin”.
5. Qadamboy Nurmetov – “Xorazm”.
6. Bahriddin Vahobov – “Surxon”.
7. Suhrob Nematov -  “Surxon”.
8. “Daniel Nasriddinov – “Surxon”.
9. Davron Isoqov – “Andijon”.
10. Obid Jo'raboev – “SHo'rtan”.
11. Navro'z Haipov – “Orol”.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика