So’nggi yangiliklar

07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  3 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  3 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  5 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   19 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9

PREVYU+TAHLIL. "Andijon" - "Neftchi". Xomyakovning rejasi bu safar ham ish beradimi? Yangiliklar

PREVYU+TAHLIL. "Andijon" - "Neftchi". Xomyakovning rejasi bu safar ham ish beradimi?

Teglar :  NeftchiAndijon
O'zbekistonda futbol vodiyda tug'ilgan. U erda doim qanday holat bo'lmasin bu sport turi birinchi raqamliligini yo'qotmaydi.

yo'qotmaydi. Stadionlar to'lib toshadi. Vodiy derbilarini aytmaysizmi, undagi shiddat, kurash, intrigalar, raqobat bu vodiy futbolining bezagi-ku. Garchi bu turda markaziy maqomda OKMK - "Navbahor" uchrashuvi bo'lsada, Farg'onadagi "Andijon" - "Neftchi" uchrashuviga ko'z yumish nodonlik hisoblanardi. 

Andijon

Superliga. 5-tur

08/04/2023, 17:55

2
:
0
Tugadi

Neftchi

Diyor Turopov - 9', Nurillo To'xtasinov - 20'

45'
90'
15'  Farhod Bekmurodov
46'  Farhod Sohibjonov
63'  Bobur Farhodov (Shahboz Erkinov)
71'  Farhod Bekmurodov (Levan Arveladze)
71'  Ahtam Nazarov (Abdurahmon Komilov)
79'  Ilhom Abdug’aniev (SHerzod Esanov)
9'  Diyor Turopov
13'  Muhsin Ubaydullaev
20'  Nurillo To'xtasinov
25'  Nurillo To'xtasinov
45'  Toma Tabatadze
50'  Zoir ZHo'raboev (Andrey Mishchenko)
65'  Nurillo To'xtasinov
66'  Ulug'bek Hoshimov (Fozil Musayev)
90'  Diyor Turopov (YUriy Batyushin)
90'  Toma Tabatadze (Izzat Abdullaev)
90'  Abbos G'ulomov (Umar Adhamzoda)

O'zaro o'yinlar 

Jamoalar chempionat doirasida 47 marotaba to'qnash kelishgan. SHundan 32 tasida farg'onaliklar ustun kelgan bo'lsa, 10 tasida andijonliklar g'alaba qozongan. Yana 5 o'yinda kuchlar teng kelgan.  "Burgutlar" mezbon maqomida so'nggi bor 2016 yil g'alaba qozongan. Farg'onada esa ketma-ket uchta uchrashuvdan beri g'alaba bilan ortga qaytmoqda. Faqat 1ta uchrashuvda tomonlar durangga rozi bo'lgan (2010 yil). Bu jamoalar oxirgi bor 2020 yilning 15 dekabr sanasida Farg'onada to'qnash kelishgan. O'shanda Superliga pley-off yo'llanmasi uchun maydonga tushishgan va unda mehmon sifatida harakat qilgan “Andijon”ning qo'li baland kelgan - 1:3.

So'nggi o'yin

O'tish o'yini

NEFTCHI - ANDIJON 1:3

15 dekabr 2020 yil. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Timur Gaynulin, G'ayrat Jo'raev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Otabek Zokirov 8, 1:0, Doniyor Abdummanopov 31, 1:1, Farhod Soxibjonov 33, 1:2 Jamshid Homidov 89, 3:1

"Neftchi": 21. Farrux Turdaliev, 4. Mirjalol Nematov, 7. Mansurjon Saidov (S), 9. Otabek Zokirov, 10. Islomjon Toshpo'latov, 18. Javohir Rasulov, 20. Dilyorbek Irmatov, 34. Rustamjon Abduxamidov (31. Pavel Smolyachenko), 38. Umar Adxamzoda, 44. SHodiyor Hojimatov, 94. Anvarjon Hojimirzaev.

Zaxira: 96. SHuhratillo Rahmonov, 3. Timur Sultonov, 5. Eldor Ergashev, 8. Islombek Karimov, 31. Pavel Smolyachenko, 70. Dostonbek Bobojonov, 93. Sirojiddin Allaev, 99. Ilhomjon Vahobov.

"Andijon": 16. Eldor Adhamov, 3. Azamat Isroilov, 4. Farhod Mirahmatov, 5. Xushnudbek Avilov, 6. Baxtiyorjon Qosimov, 8. Farhod Bekmurodov, 17. Abdullo Olimov (S), 22. Usmonali Ismonaliev, 25. Qahramon Bahodirov, 28. Farhod Sohibjonov, 33. Doniyor Abdumannopov.

Zaxira: 13. Muhammadsolix Ubaydullaev, 11. Siroj Meliev, 20. Asilbek Azizov, 26. Muhammadkarim Toirov, 27. Muhammad Yuldashev, 80. SHahboz Jumaboev, 99. Jamshid Homidov.


Uslub jihatdan o'xshash jamoalar to'qnashuvi. Ammo...

"Andijon" ham, "Neftchi" ham murabbiylari uslubiy jihatdan birinchi o'rinda tartibli futbolni ustuvor deb hisoblashadi. Bunda ular ko'proq himoyaga tayangan holda, oldindagi ijrochilar hisobiga qarshi hujumda vaziyatlar yaratishga harakat qilishadi. Lekin "Neftchi"ning qoniqarli natijalari zamirida oldingi chiziqda yig'ilgan mahoratli va yaxshi saviyadagi futbolchilarning katta mehnati yotibdi. Umuman Levchenko yarim himoya va hujum chizig'i vakillarining kuchli tomonlaridan unumli foydalana olyapti. Nurillo To'xtasinov bunga yaqqol misol. Farg'onaliklar 4ta turda raqiblar darvozasi tomon 18 bor aniq zarba yo'lladi va shularning 9tasi gol bilan yakunlandi. Har bir uchrashuvda aniq zarbalar soni o'rtacha 4,5 tashkil qilmoqda. To'p nazorati borasida ko'rsatkich deyarli katta ustunlikka ega bo'lmayapti. O'rtacha har bir o'yinda 46,75 foiz to'pga egalik qilishmoqda. "Andijon"da bu 47 foiz hisoblanadi. Aleksandr Xomyakov jamoasi asosan butun uchrashuvni himoyaga etibor qaratgan holda o'yindagi kam sonli vaziyatlardan foydalanishga harakat qiladi. Pozicon hujumga deyarli kam o'tadi. 4ta turda jamoa raqiblari darvozasi tomon umumiy hisobda 5 bor aniq zarba yo'llashgan va bu kam. Albatta markazda Mamatkazin va Bubanya juftligi tartibli o'yin ko'rsatayotganini, raqiblari hujumini "avtobus" singari to'xtatayotgani bor gap. Standart vaziyatlarda ham aynan shu ikki mudofaa vakili katta sahnaga chiqadi.  "Neftchi"da ham markaziy himoyachilari kuchli. SHunga yarasha oldinda ham o'yinni hal qila oladigan ijrochilar ko'p. "Andijon"ga etishmayotgan, o'z o'yinini mukammal sifatida ko'rsatishga to'siq bo'lib turgan narsa shu. 


Mutaxassis fikri 

Kamoliddin Murzoev: "Vodiy derbisi nafaqat maydon ichida, balki maydon tashqarisida ham muxlislarning to'qnashuvi murosasiz o'tishini taminlasa kerak. "Andijon" "Olimpik" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Neftchi"dan ham ochko olishga astoydil intiladi. Bu uchrashuv "Neftchi"ni chindan ham sovrindorlar qatoriga kirishiga javob beradigan o'yin bo'ladi.


Yo'qotishlar 

Lutfulla To'raev tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. "Andijon"da esa ikki nafar legioner Rubin Xebay va Nodar Kavtaradzelar yordam bera olishmaydi. Qiziq holat, bu yil 4ta uchrashuvda "Andijon"ning 3ta futbolchisi hakam tomonidan chetlatildi.  Jamoadagi 5 nafar legioneridan faqat Bubanya va Ahtam Nazarov qizil kartochka bilan siylanmadi. Xomyakov bu borada qandaydir ish olib bormasa, shu ketishda xorijlik mehmonlar mavsumni katta qismini bayroq va barabanlar bilan muxlis sifatida kuzatishlariga to'g'ri keladi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика