So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  179 21:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  11 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  14 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  4 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Prevyu. "Surxon" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Surxon" - "Lokomotiv"

10-11 avgust kunlari Superliganing 16-tur bahslari o'tkaziladi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" ertaga safarda "Surxon" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 18:00da start oladi va "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. Quyida o'yinga doir bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

Turnir jadvalidagi holat 

- "Surxon" Superliga jadvalida 15ta o'yindan so'ng 21 ochko bilan 7-o'rinda boryapti. Jamoa 6 martadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan, shuningdek 3 marta durang o'ynagan. To'plar nisbati 15-21. 

- "Lokomotiv" turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. "Temiryo'lchilar" 15 o'yinda 30 ochko to'plashgan. "Loko" 9 bor zafar quchib, uch martadan durang va mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati 26-11. 


"Surxon"

- Termizning "Surxon" klubi ertaga o'z maydonida 9-bahsini o'tkazadi. Avvalgi 8ta o'yinning to'rttasida maydon egalari g'alaba qozongan. Uchta bellashuv durang bilan yakun topgan va faqat bir o'yinda "Surxon" mag'lub bo'lgan. Uydagi o'yinlarda to'plar nisbati 8-5. 

- "Surxon"ning o'z uyidagi yagona mag'lubiyati 14-turda ro'y berdi. Jamoa "Nasaf" bilan kechgan bahsda 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi. 

- "Surxon" bu yil faqat safarda "So'g'diyona" darvozasiga 3ta to'p kirita oldi. "Bunyodkor" darvozasini ikki bor aniq nishonga olgan. Qolgan o'yinlarda bittadan ko'p gol ura olmay kelyapti. 

- Ikkinchi davraning dastlabki ikki turida bu jamoa o'z darvozasidan 6ta gol o'tkazib yubordi: "Nasaf" (1:3) va "Bunyodkor" (0:3). 

- "Surxon" qatorasiga uchta turdan beri faqat mag'lub bo'lyapti. Bu jamoa oxirgi marta o'z uyida "Bunyodkor"ni 2:0 hisobida engan. 

- "Surxon" shu paytgacha O'zbekiston chempionatida "Loko" bilan uch marta o'ynab, birortasida g'alaba qozonmagan. 


"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" ikkinchi davrani mag'lubiyat bilan boshladi va keyingi turda g'alabaga erishdi. "Loko" birinchi davrada o'z maydonida "Surxon"ni 5:1 hisobida mag'lub etgan. 

- Bu "Lokomotiv" uchun safardagi ettinchi uchrashuv bo'ladi. Jamoa shu paytgacha ikki bor g'alaba qozonib, bir marta durang o'ynagan va 3ta bellashuvda imkoniyatni boy bergan. Safar bahslarida to'plar nisbati 5-6.

- "Lokomotiv" safarda ketma-ket ikkinchi o'yindirki mag'lubiyatga uchradi. Ertaga "temiryo'lchilar" noxush ananaga barham berishga harakat qilishadi. 

- "Lokomotiv" chempionat doirasida shu paytgacha Termizda faqat bitta o'yin o'tkazgan bo'lib (2004 yil), mazkur bahs 0:0 hisobida yakun topgan.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика