So’nggi yangiliklar

18:00CAFA Nations Cup. Афғонистон Ҳиндистон билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  2 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  20 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  37 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  3 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  3 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  109

PREVYU. SO'G'DIYONA - OLMALIQ Yangiliklar

PREVYU. SO'G'DIYONA - OLMALIQ

Oliy liganing 15-turida "Olmaliq" klubi Jizzaxning "So'g'diyona" klubi mehmoni bo'ladi.
So'g'diyona (Jizzax) – Olmaliq (Olmaliq)
9 avgust. Zomin. “Zomin” stadioni. 17:45
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), M. Saidqosimov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), I. Xudoydotov (Toshkent).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 9 bor kesishgan. Natijalar “Olmaliq”ning kichik ustinligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 4ta o'yinda g'alabaga erishgan. 3ta bahsda g'olib aniqlanmagan. Qolgan 2ta o'yinda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Olmaliq” foydasiga. Olmaliqliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 23ta gol kiritib o'z darvozalaridan 19 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Olmaliq” 15, “So'g'diyona” esa 9 ochkoni qo'lga kiritgan.

“So'g'diyona” oliy ligada “Olmaliq” ustidan 5:2 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi jizzaxliklarnng eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Olmaliq”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:1ga teng.

Dastlabki davradagi o'yinda gollar shousi kuzatilgan. “Olmaliq” safida Dilyaver Abibullaev, Obid Jo'raboev, SHerzod Hakimov (ikkita) gol urishgan. Bunga “So'g'diyona”dan Suxrob Qobilov va Sardor Eminov javob berishgan – 4:2.

“So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan 4 uchrashuv:
04.08.2013 So'g'diyona - Olmaliq 2:2
15.10.2011 So'g'diyona - Olmaliq 5:2
23.03.2009 So'g'diyona - Olmaliq 3:2
20.09.2008 So'g'diyona - Olmaliq 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonidagi o'yinlarda bu raqibga umuman yutqazmagan – ikki g'alaba va ikki durang. Oxirgi uchta o'yinda mehmonlar ikkitadan gol urishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика