So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  11 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

PREVYU. "Real" - "Barselona" Yangiliklar

PREVYU. "Real" - "Barselona"

Bugun tunda Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida "Real" va "Barselona" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
Ikkala jamoa shu paytgacha 227 marta rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishgan. "Real" 91 bor zafar quchgan, 48ta o'yinda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. 88 marta "Barselona"ning qo'li baland kelgan .

"Qirollik klubi" 384ta gol urgan, "ko'kanorranglilar" hisobida 368ta gol mavjud.
 


Primera doirasida 168ta "El Klassiko" bo'lib o'tgan. 70 marta "Real", 66 marta "Barsa" yutgan. 32 bor durang qayd etilgan. To'plar nisbatida "qaymoqranglilar" oldinda: 274-265.
 
"Real" maydonida Ispaniya chempionati doirasidagi bahslar statistikasi: 84 o'yin, "Real"da 51 g'alaba, 15 durang va "Barselona"da 18ta g'alaba.



Bugungi bahsni 30 yoshli Xesus Xil Mansano boshqarib boradi.  Ushbu hakam 2012 yil 25 avgust kuni "Malaga" – "Deportivo" (1:1) uchrashuvida Primeroda debyut qilgan.

2014 yil 1 yanvarida FIFA hakamiga aylandi. U 29 yoshida shunday maqomga ega bo'lgan eng yosh ispaniyalik hakamga aylandi.

Xesus Xil Mansano hozirgacha "El Klassiko"da umuman ishlamagan. 30 yoshda Ispaniyaning eng markaziy o'yiniga tayinlanish albatta juda katta masuliyat yuklaydi.



Ispaniya chempionati. 9-tur
25 oktyabr, shanba. 21.00
Real - Barselona
Stadion:
Santyago Bernabeu (Madrid)
Bosh hakam: Xesus Xil Mansano (Don-Benito)

Taxminiy tarkiblar:
Real
: Kasilyas - Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo - Modrich, Kros - Rodriges, Isko, Ronaldu - Benzema

Barselona: Bravo - Alves, Pike, Maskerano, Alba - Xavi, Buskets, Inesta - Pedro, Messi, Neymar

Yo'qotishlar: Koentrau, Xese, Beyl (barchasi - jarohat.), Ramos (so'roq ostida) - Vermalen, Adriano (ikkisi - jarohat.), Rafinya (so'roq ostida)


Ushbu bahs CA orqali matnli translyaciya qilinadi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика