So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  7 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  2 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Prevyu: "Paxtakor" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu: "Paxtakor" - "Dinamo"

26 oktyabr kuni oliy liganing 27-turida "Paxtakor" Toshkentda "Dinamo" bilan o'ynaydi.


Bahrom Hakimov boshchiligidagi "Dinamo" ayni paytda oliy ligada o'rnini saqlab qolish uchun kurash olib boryapti. Samarqandliklar har bir bellashuvda o'zlari uchun muhim sanalgan ochkoni qo'lga kiritishga intilishmoqda. Bu jamoa osonlikcha taslim bo'lmasligi tabiiy hol.

Jamoalar oliy ligada 43 bor to'qnash kelishgan. "Paxtakor" 34 o'yinda g'olib bo'lgan, "Dinamo" 5 marta g'alaba qozongan. 4 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida katta ustunlik "Paxtakor" tomonida - 86:22.

Jamoamiz Toshkentda bo'lib o'tgan 21ta o'yinning 20tasida zafar quchgan. "Dinamo" Toshkentdan faqat bir marta (2000 yil) uch ochko bilan qaytgan. Poytaxtdagi oxirgi 14 o'yinda "Paxtakor" zafar quchib kelmoqda.

Birinchi davrada Igor Sergeev tomonidan urilgan gol "Paxtakor"ga Samarqandda g'alaba keltirgan edi - 0:1.

Yoshlar tarkiblari o'yini 25 oktyabr, yakshanba kuni soat 15:00da Qibraydagi stadionda boshlanadi. Asosiy jamoalar bahsi 26 oktyabr, dushanba kuni soat 17:00da "Paxtakor" stadionida start oladi.

Bellashuvni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. U joriy mavsumda "Qizilqum" va "So'g'diyona"ga qarshi safarda o'tkazilgan o'yinlarimizni boshqargan va har ikkisida jamoamizning qo'li baland kelgan.

CHiptalar "Paxtakor" stadioni kassalarida 5 va 15 ming so'mdan sotiladi.


"PAXTAKOR" - "DINAMO"

Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), Dauletboy Jalimov (Nukus).

Nazoratchi: Gali Imomov (Toshkent).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика