So’nggi yangiliklar

17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  1 17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  7 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Prevyu. "Olmaliq" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Olmaliq" - "Qizilqum"

Olmaliq shahridagi yangi stadionda "Olmaliq" va "Qizilqum" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
OLMALIQ – QIZILQUM
26 aprel. Olmaliq. "Olmaliq" stadioni. 17:30.
Hakamlar:
SH.Qosimov, A.Usmonov, T.Gaynulin, I.Garmashov
Nazoratchi: A.Arutyunov.

“Olmaliq” va “Qizilqum” oliy ligada 12 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 6tasida olmaliqliklar g'olib bo'lishgan. 2ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Qizilqum” hisobida 4ta g'alaba mavjud.

“Olmaliq” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 22ta to'p kiritgan, navoiyliklar esa “Olmaliq” darvozasiga 17ta gol urishgan. “Olmaliq”  o'zaro o'yinlarda 20 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Qizilqum” 14 ochkoni qo'lga kirita olgan. “Olmaliq”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 5:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yirik g'alabasi esa 4:2.
 
O'tgan mavsumda qaysi jamoa o'z uyida o'ynagan bo'lsa o'sha jamoa g'olib bo'lgan.  2-turda Olmaliqdagi bahsda SHaxboz Erkinov va Mo'ydin Mamazulumov mezbonlar safida o'zini ko'rsatishgan. Bunga Olim Navkarov bitta to'p bilan javob bergan – 2:1. Navoiydagi uchrashuvda jami 6ta gol urilgan. “Qizilqum” safida Alisher Xoliqov, Ruslan Sanaev, Azizbek Usmonov hamda Zafar To'raev to'p kiritgan. Asqar Muhiddinov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan bo'lsa Dilyaver Abibullaev “Qizilqum” darvozasiga to'p kiritgan – 4:2.

Olmaliqda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
09.03.2013 Olmaliq - Qizilqum 2:1
22.04.2012 Olmaliq - Qizilqum 2:2
31.07.2011 Olmaliq - Qizilqum 2:1
21.08.2010 Olmaliq - Qizilqum 5:1
17.10.2009 Olmaliq - Qizilqum 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Olmaliq” o'z uyida o'tgan 6ta o'yinning 5tasida g'olib bo'lgan. Faqat 2012 yil bo'lib o'tgan o'yinda “Qizilqum” safarda durangga erisha olgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика