So’nggi yangiliklar

00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  0 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  1 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  22 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  3 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  18 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  4 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  202 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11

Prevyu. "Olimpik" - "Bunyodkor". Ustunlik Kapadze jamoasida biroq Boshkovich ham "sovg'a" tayyorlashi mumkin Yangiliklar

Prevyu. "Olimpik" - "Bunyodkor". Ustunlik Kapadze jamoasida biroq Boshkovich ham "sovg'a" tayyorlashi mumkin

Teglar :  BunyodkorOlimpik
Coca Cola Superliganing 19-turida Toshkentda "Olimpik" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi. Garchi markaziy maqomga mos bo'lmasada, bu yildan boshlab o'tkazilayotgan yangi Toshkent "derbisi". Derbilar esa doim murosasiz o'tishi bilan ajralib turgan. Bugungi bahs ham shunday kechishi mumkinmi? Jamoalar qanday holatda? Quyida shu haqida fikrlashamiz. 


Olimpik

Muhammadqodir Hamraliyev - 90'

Superliga. 19-tur

15/09/2022, 19:35

1
:
1
Tugadi

Bunyodkor

Francis Narx - 45'

45'
90'
22'  Saidazamat Mirsaidov
28'  Abdurauf Bo'riev
56'  Farrux Muxtorov (Temur Mamasidiqov)
71'  Otabek Jo'raqo'ziev (Muhammadali G'iyosov)
71'  Muhammadaziz Ibrohimov (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
90'  Muhammadqodir Hamraliyev
90'  Temur Mamasidiqov
90'  Alisher Odilov (Mironshoh Sattorov)
90'  SHahzod Toirov
35'  Suhrob Izzatov
45'  Francis Narx
48'  Suhrob Izzatov
51'  Umidbek Sultonov (Umarali Rahmonaliyev)
77'  Mahmud Mahamadzhonov (Jahongir O'rozov)
77'  Usmonali Ismonaliev (Dmitrie Pobulich)
77'  Francis Narx (Sudaysi Jo'raboyev)
87'  ZHasur YOqubov
90'  Davronzhon Ergashev


"Olimpik"


Timur Kapadze shogirdlari joriy mavsumda birinchi marotaba elitada ishtirok etayotganiga qaramay yaxshigina chaqilmas "yong'oqqa" aylanib ulgurdi. Jamoa ikkinchi davrada "Qizilqum" bilan o'yinga kelib birinchi mag'lubiyatini tan oldi, 1:2. Undan avvalgi turda chempionat etakchisi "So'g'diyona" taslim etilgandi (1:0). "Paxtakor"dan esa ikkinchi davrada ham ochko olishga erishdi, deya olamiz.  Qolgan bahslarda quyidagi natijalarni qayd etdi. Timur Kapadze o'z jamoasida o'yinni juda yaxshi yo'lga qo'ya olganligi, futbolchilar jismoniy taraflama raqiblaridan qolishmayotgani tahsinga loyiq. Statistikaga etibor beradigan bo'lsak, so'nggi 5ta uchrashuvda "Olimpik" raqiblar darvozasiga 20 bor aniq zarba yo'llagan, to'p nazoratidagi ustunlik ham ular tomonida qayd etilgan, 5ta o'yinda o'rtacha 53 foiz to'pga egalik qilgan, 8 ochko to'plagan. 


14-tur. "Surxon" - "Olimpik" 0:5

15-tur. "Olimpik" - "Qo'qon-1912" 1:1

16-tur. "Paxtakor" - "Olimpik" 1:1

17-tur. "Olimpik" - "So'g'diyona" 1:0

18-tur. "Qizilqum" - "Olimpik" 2:1


"Bunyodkor"


"Bunyodkor" mashg'ulotidan reportaj: Ikromov qaytish arafasida+Davronjon Ergashev bilan intervyu


"Neftchi"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng "Bunyodkor" murabbiylar shtabi to'liq yangilandi. Endilikda "qaldirg'ochlar"ga klub o'rinbosarlari bilan ishlab kelgan Ivan Boshkovich ustozlik qiladi.  Ayni paytda qanday holatda ekanligimiz barchaga malum. Lekin biz "Bunyodkor"miz. O'ylaymanki, vaziyatni yaxshilash va mavsumni hozirgi egallab turgan o'rnimizdan teparoqda yakunlashimiz mumkin. Oldinda 8ta o'yin qolgan. Kerakli ochkolarni jamg'arish zarur",- deydi chernogoriyalik murabbiy. Aytish mumkinki, "Bunyodkor"dagi vaziyat raqibinikidan bir muncha yomonroq. Poytaxt klubi ikkinchi davrada 1ta bahsda g'alaba qozondi. 3ta mag'lubiyat, 1ta durang natija qayd etdi, 5ta o'yin 4 ochko. 

Fikrimcha, garchi jamoaga yangi murabbiy tayinlangan bo'lsada, baribir ustunlik mezbonlarda bo'ladi. Birinchidan barqaror shakllangan o'yin, maydon faktori va ruhiyat. Boshkovichga esa hozir oson emas. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Balki o'ziga hos "sovg'a" tayyorlashi ehtimoli yo'q emas. 


Ivan Boshkovich: "Hozirgi vaziyatni yaxshilash mumkin. Biz "Bunyodkor"miz"


14-tur. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 2:0 

15-tur. "Bunyodkor" - "Qizilqum" 1:2

16-tur. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0

17-tur. "Dinamo" - "Bunyodkor" 1:2

18-tur. "Bunyodkor" - "Neftchi" 1:2


Ular bugun sobiq jamoasiga qarshi maydonga chiqadi 

"Olimpik"da to'p tepayotgan Otabek Jo'raqo'ziev, Farruh Muhtorov, Abdurauf Bo'riev, Mironshoh Sattorov, Jasur Xoldorov."Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 


“OLIMPIK” — “BUNYODKOR”

15 sentyabr. Toshkent. “Jar” stadioni. 19:30

Bosh hakam: Temur To'xtasinov.

Qanot hakamlari: Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev. 

Zaxiradagi hakam: Lochin Dolimov.

Nazoratchi: Dmitriy Roman.

Komissar: Aziza Tatlimuratova.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика