So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

O'zbek "El-klasiko"si doirasida Farg'onada "Neftchi" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Neftchi (Farg'ona) – Paxtakor (Toshkent)
30 sentyabr 2015. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

Bu ikki buyuk klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 47 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 23ta o'yinda toshkentliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 17ta uchrashuvda “Neftchi” g'olib bo'lgan. 7ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Paxtakor” foydasiga. Toshkent klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 78ta gol kiritib o'z darvozasidan 60 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 76 ochkoni, “Neftchi” esa 58 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Neftchi” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “sherlar”ning eng yirik hisobidagi g'alabasi. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlardagi “Paxtakor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:0 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada Toshkentda o'tgan o'yinda maydon egalari Egor Krimec va Igor Sergeevning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alabaga erishishgan edi.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.03.2014 Neftchi – Paxtakor 1:2
29.10.2013 Neftchi – Paxtakor 0:3
11.06.2012 Neftchi – Paxtakor 3:1
22.10.2011 Neftchi – Paxtakor 4:1
06.05.2010 Neftchi – Paxtakor 3:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarning 13tasida muvaffaqiyat qozongan. 5ta bahsda g'olib aniqlanmagan. “Paxtakor” Farg'onadan besh marta uch ochko bilan qayta olgan. “Neftchi” oxirgi ikki yilda o'z uyida bu raqibga yutqazgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика