So’nggi yangiliklar

18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  7 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 18:20Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  5 17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  3 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:4 (матнли трансляция)  17 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  2 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  19 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4

Prevyu. "Neftchi" - "Obod" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Obod"

Teglar :  ObodNeftchi
Oliy liganing 9-turida "Neftchi" o'z maydonida "Obod"ni qabul qiladi.

Neftchi (Farg'ona) – Obod (Toshkent)
14 may 2016. Qirguli. "Neftchi SK" stadioni. 16:45
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

“Neftchi” va “Obod” klublari birinchi bor oliy ligada to'qnash kelishadi.

“Neftchi” mavsumni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi mag'lubiyat bilan boshladi – 0:2. Ikkinchi turda Farg'onada “Navbahor”ni mag'lub etdi – 1:0. Keyingi ikki o'yinda “Neftchi” “Lokomotiv”ga (0:4) va “Andijon”ga (1:2) hisobida yutqazdi. 5-turda o'z uyida “So'g'diyona”ga mag'lub bo'ldi – 0:1. Keyingi uchrashuvda “Mashal” mag'lub etildi – 2:1. So'ngra jamoa o'z maydonida “SHo'rtan” bilan ochkolarni bo'lishib oldi – 2:2. Oxirgi turda “Neftchi” Olmaliqda mehmon bo'lib 0:3 hisobida yutqazdi.

“Obod” dastlabki turni Qo'qonda o'tkazib 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi turni o'z uyida “Buxoro” bilan nursiz durang qayd etdi – 0:0. Keyin Qarshida “Nasaf” bilan bahsda 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. Nihoyat to'rtinchi turda Toshkent klubi oliy ligada dastlabki gollarini urishga erishdi. “Qizilqum”ga qarshi o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. 5-turda toshkentliklar Bekobodda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 7-turda “Obod” Toshkent derbisida “Bunyodkor”dan 0:4 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. O'tgan turda jamoa o'z uyida “Lokomotiv” bilan to'qnash kelib yutqazdi – 0:2.

Fakt: “Neftchi” o'z maydonidagi 3ta o'yinda uch xil natija qayd etgan: g'alaba, durang va mag'lubiyat. “Obod” safarda 4ta o'yin o'tkazdi va 4 bor mag'lub bo'ldi.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика