So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  0 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  2 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  8 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Prevyu. "Neftchi" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Mashal"

Vodiyda oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
NEFTCHI – MASH'AL
26 aprel. Qirguli. "Neftchi SK" stadioni. 17:00
Hakamlar:
B.Namozov, O.Abduvasilov, N.Ro'zimov, V.Najafaliev
Nazoratchi: A.Popov.

“Neftchi“ hamda “Mashal“ shu kunga qadar o'zaro 26 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Neftchi”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Vodiyliklar 26 bahsning 18tasida g'alaba qozonishgan. 8ta o'yinda “Mashal”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar shu kunga qadar oliy ligada umuman durang o'ynashmagan. To'plar nisbati ham “Neftchi” foydasiga 53-26. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 54 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal” 24 ochkolik bo'lgan.

“Neftchi”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 7:0. “Mashal”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 3:0 ni tashkil etadi.

O'tgan mavsum “Mashal” oliy ligada ishtirok etmadi. Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi to'qnashuvlar 2012 yil bo'lib o'tgan. Qizig'i o'sha yilgi uchrashuvlarda mezbon jamoa 3:0 hisobida zafar quchgan. Vodiydagi bahsda Iqbol Akramov va Anvar Berdiev (ikkita) gol urishgan. Muborakda esa Pavel Solomin (ikkita) va Jahongir Abdumo'minov o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishgandi.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

04.05.2012  Neftchi – Mashal  3:0
13.08.2011  Neftchi – Mashal  2:1
10.04.2010  Neftchi – Mashal  3:0
26.10.2009  Neftchi – Mashal  1:0
26.04.2008  Neftchi – Mashal  1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi Farg'onada kechgan 13ta uchrashuvning 12tasida “Neftchi” zafar quchgan. “Mashal” faqat bir marta 2005 yil vodiyda “Neftchi”ni mag'lub etib qaytgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика