So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  0 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  3 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Prevyu. "Navbahor" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "So'g'diyona"

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Navbahor" o'z uyida Davron Fayziev ustozlik qilayotgan "So'g'diyona" bilan to'qnash keladi.
NAVBAHOR – SO'G'DIYONA
26 aprel. Kosonsoy. "Kosonsoy" stadioni. 16:00
Hakamlar
: R.Bobomurodov, O.Jumaev, R.Samandarov, A.Rahimov
Nazoratchi: V.Valickiy.

“Navbahor” hamda “So'g'diyona” klublari oliy ligada shu kungacha 36 bor kuch sinashishgan. 19ta o'yinda “Navbahor”, 12ta o'yinda esa “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 5ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 64 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “So'g'diyona” esa 39  bor gol kirita olgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 62 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, jizzaxliklar hisobida 41 ochko mavjud. “So'g'diyona”ning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. Namanganliklarning eng yirik g'alabasi esa 7:0.

O'tgan mavsumda ikkala jamoa o'z uyida uch ochko olgan. “So'g'diyona” maydonida Renat Bayramov va Sardor Qahhorov tomonida urilgan gollar jizzaxliklarga uch ochko keltirgandi – 2:0. Vodiydagi uchrashuvda mezbonlar zafar quchishgan – 3:1. Ayubxon Gapparov (ikkita) va Ro'zimboy Ahmedov maydon egalari safida to'p kiritishgan bo'lsa “So'g'diyona”dan Botirjon Karimjonov gol urgan.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.10.2013 Navbahor - So'g'diyona 3:1
20.08.2011 Navbahor - So'g'diyona 2:1
19.09.2009 Navbahor - So'g'diyona 0:0
18.10.2008 Navbahor - So'g'diyona 1:1
10.06.2006 Navbahor - So'g'diyona 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” bungi kunga qadar “Navbahor” maydonida umuman g'alaba qozona olmagan. Vodiyda bo'lib o'tgan 14ta o'yinda “lochinlar” zafar quchishgan bo'lsa, qolgan 4ta bahsda durang qayd etilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика