So’nggi yangiliklar

19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  0 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  7 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  2 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  4 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  3 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  19 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  6 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0

Prevyu: “Nasaf” - “SHo'rtan” Yangiliklar

Prevyu: “Nasaf” - “SHo'rtan”

Teglar :  NasafSHo'rtan
Yurtimiz stadionlarida oliy ligada ishtirok etadigan jamoalar yana o'zaro bahslarga kirishishadi.

Navbatdagi 28-tur uchrashuvlari 8-9 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Ushbu turda Qashqadaryo viloyatining ikki jamoasi o'zaro kuch sinashadi. Voha derbisi - “Nasaf” – “SHo'rtan” uchrashuvi 9 noyabr payshanba kuni “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi.

Yodingizda bo'lsa, asli birinchi davra uchrashuvi Qarshida bo'lishi kerak edi. Ammo “Markaziy”da rekonstrukciya ishlar davom etayotgani bois, 13-tur uchrashuvi G'uzorga ko'chirilgan va “SHo'rtan” jamoasi mezbonlik qilgan edi.

O'zPFL, 28-tur
“Nasaf” (Qarshi) - “SHo'rtan” (G'uzor)
09.11.2017. “Markaziy” stadion. 17:00da
Bosh hakam
: Axmadjon Ergashev (Toshkent)
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshk.vil.)
Zaxira hakami: Baxtiyor Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: SHamil Jumaev  (Qarshi)
O'zPFL vakili: Mamur Saidqosimov.

Bu yilgi chempionat avvalida etakchilarni (“SHo'rtan” – “Lokomotiv” 2:0, “SHo'rtan” – “Bunyodkor” 1:0, “SHo'rtan” – “Paxtakor” 3:0) mag'lub etib, katta shov-shuv ko'targan “oq bo'rilar”ning keyingi uchrashuvlarda omadi chopmadi. Natijada ular autsayderlar qatoriga tushib ketishdi. Bunga asosiy sabab, FIFA tomonidan ularga qo'llanilgan jazolar bo'ldi.

O'zaro uchrashuvlar tarixiga oid

Bu jamoalar o'zaro navbatdagi 24-uchrashuvda maydonga tushishadi. O'zaro o'tkazilgan 23 bahsning 17 uchrashuvida “ajdarlar” g'alaba qozonishgan, “SHo'rtan” esa 5 uchrashuvda g'alabaga erishgan. Atigi bir uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Bu durang (0:0) 2010 yili Qarshida 8523 tomoshabin ko'z oldida kechgan.

To'plar nisbati 52-24 ko'rinishida, jamoamiz ustunligini ko'rsatmoqda.

O'zaro o'yinlarda jamoamiz “SHo'rtan”ni eng yirik 5:0 hisobida, “SHo'rtan” esa eng yirik 3:2 hisobida g'alabaga erishgan.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi G'uzorda bo'lib o'tgan birinchi davra 13-tur uchrashuvida “ajdarlar” 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Jamoamiz gollariga Bahrom Abdurahimov va Doniyorjon Narzullaevlar mualliflik qilishgan. “Oq bo'rilar”ning uchrashuvdagi yagona golini penaltidan Igor Taran kiritgan.

O'sha uchrashuvda “Nasaf”ning serbiyalik hujumchisi Dragan CHeran kartochkalari soni to'rttaga etgani bois,  maydonga tushmagan edi.

Qarshidagi o'zaro uchrashuvlar tarixidan

“Nasaf” – “SHo'rtan” jamoalari shu paytgacha Qarshida o'zaro 11 marta tuqnash kelishgan. Bu uchrashuvlarning 10tasida “ajdarlar” g'alaba qozonishgan, 1 uchrashuvda golsiz durang bo'lgan. “SHo'rtan” jamoasi, “Nasaf” ustidan Qarshida g'alabaga erisha olmagan.

Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarda darvozalarga 34 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ham yaqqol ustunlik “Nasaf” tomonida – 26:8.

Qarshida bo'lib o'tgan oxirgi o'zaro besh uchrashuv natijasi
06.03.2016. “Nasaf” – “SHo'rtan” 2:1
12.09.2015. “Nasaf” – “SHo'rtan” 3:1
14.04.2013. “Nasaf” – “SHo'rtan” 3:0
14.09.2012. “Nasaf” – “SHo'rtan” 2:1
15.06.2011. “Nasaf” – “SHo'rtan” 5:0

“SHo'rtan” jamoasi to'purarlari haqida

“SHo'rtan” jamoasi shu paytgacha raqiblari darvozasini 27 marta ishg'ol qilib, o'z darvozalaridan 48 marta to'p olib chiqishgan. Ushbu 27ta golni 11 nafar futbolchi o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

“SHo'rtan” jamoasi to'purarlar ro'yxatini ayni paytda Igor Taran boshqarib bormoqda. Uning hisobida 7ta to'p bor. Ro'yxatning ikkinchi o'rnini uch nafar futbolchi egallab turibdi. Bular Otabek Narzullaev, Laziz Ubaydullaeva va Jasur Xolto'raevlardir. Bu futbolchilar hisobida uchtadan to'p bor.

Hozirgi kunda “Nasaf” sharafini himoya qilayotgan Umarbek Eshmurodov bu uchrashuvda sobiq jamoasi – “SHo'rtan”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. O'z o'rnida takidlash joiz, Eshmurodov g'uzorliklar safida ikki bor raqiblar darvozasiga gol kiritgan. Yodingizda bo'lsa, Umarbek Eshmurodov “Bunyodkor”  va “Lokomotiv” jamoalari darvozasiga gol kiritib, “SHo'rtan”ning g'alabalariga hissa qo'shgan edi.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari

9 noyabr payshanba kuni bo'ladigan 28-tur,  “Nasaf” - “SHo'rtan” jamoalari uchrashuvi Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi.

Bir kun oldin,  yani 8 noyabr chorshanba kuni bo'ladigan kichik derbi, Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohidagi maydonda  soat 15:00da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu o'yinlarga taklif etib qolamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика