So’nggi yangiliklar

09:14"Реал Мадрид" МЮ футболчисини сотиб олиши мумкин  0 08:40ФИФА президенти ўзининг расмий саҳифасида Ўзбекистонда футбол жадал суръатда ривожланаётганини эътироф этди   2 08:04Гвардиола бир шарт билан Италия клубларидан бирини бошқаришга розилигини маълум қилди  1 07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  3 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   17 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  7 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  7 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3

Prevyu: “Nasaf” - “Qizilqum” Yangiliklar

Prevyu: “Nasaf” - “Qizilqum”

Teglar :  NasafQizilqum
“Nasaf” oliy liga 23-tur uchrashuvini o'z maydonida Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 30 sentyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

 O'zPFL 23-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Qizilqum” (Navoiy)
30.09.2017. “Markaziy” stadioni. 18:00da
Bosh hakam:
SHerzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent),
Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov (Samarqand).
O'zPFL vakili: Roman CHernikov.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi har-bir bahsni futbol ishqibozlari katta qiziqish  bilan kuzatib kelishgan. Bu safar ham ular ana shunday bahsga guvoh bo'lishlari aniq.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 35 marta ro'baru kelishgan. Ushbu bahslarning 20 tasida "Nasaf"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 66-38.   

Endi mazkur jamoalar o'rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to'xtaladigan bo'lsak, jamoa “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko'rinishida g'alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g'alabasi 3:1 ko'rinishida.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligida “ajdarlar” hali biron marta, hoh Qarshida bo'lsin, hoh Navoiyda bo'lsin,  “Qizilqum” jamoasiga mag'lub bo'lgan emas.

Qarshida bo'lgan o'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Qarshida jami 16 marta o'zaro bahslashgan. Ularning 13tasida "Nasaf" g'alaba qozongan, bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. Bu uchrashuv 2008 yili bo'lib o'tgan. Qolgan 2 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda jami darvozalarga 57 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida: 43-14.

Bo'lajak uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 17-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.



Qarshidagi so'nggi besh uchrashuv natijasi
2016 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0
2015 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  3:1
2014 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0
2013 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  7:1
2012 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0

Jamoalar bo'lajak uchrashuvga qanday etib kelishdi?

“Nasaf” o'tkazilgan 22 uchrashuvlarning 13tasida g'alaba, 2 uchrashuvda durang va 7 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Raqiblari darvozasiga 39ta gol kiritib, o'z darvozasidan 16ta to'p olib chiqqan. 41 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 2-pog'onasida bormoqda.

“Qizilqum” jamoasi 22 uchrashuvning 6tasida g'alaba, 9 uchrashuvda durang va 7 uchrashuvda mag'lub bo'lgan. Navoiylik futbolchilar raqiblari darvozasiga 27ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 28ta to'p olib chiqishgan. 27 ochko to'plab, turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turishibdi.

“Nasaf” o'tgan uchrashuvni safarda o'tkazib, “So'g'diyona” jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

“Qizilqum” jamoasi esa 22-turda “Olmaliq”ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Jamoalar to'purarlari haqida

“Nasaf” jamoasini to'purarlar ro'yxatini 13ta gol bilan hamon Dragan CHeran boshqarib bormoqda.

“Qizilqum” jamoasi to'purarlar ro'yxatida ikki futbolchi etakchilik qilmoqda. Bular Ilhom Yunusov va Otabek Zokirovlardir. Ular hozirgacha o'z hisoblariga 6tadan gol yozdirib qo'yishgan. Ilhom Yunusov 6golning 3tasini penaltidan kiritgan.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 29 sentyabr juma kuni Sputnik qo'rg'onidagi "Nasaf" yoshlari qarorgohi maydonida bo'ladi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini bo'lajak uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика