So’nggi yangiliklar

16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  4 15:19ЎзЭл Классикосига превью  11 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2

Prevyu. "Nasaf" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Metallurg"

Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Nasaf" va "Metallurg" o'rtasidagi bahs bugun bo'lib o'tadi.
NASAF – METALLURG
27 aprel. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar:
Z.Qodirov, A.Marajabov, A.Po'latov, N.Boltaev
Nazoratchi: R.Serazetdinov.

“Nasaf” hamda “Metallurg” oliy ligada 32 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 22tasida “ajdarlar” g'olib bo'lishgan, 3ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Metallurg” hozirga qadar “Nasaf”ni 7 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Nasaf” foydasiga 61:28 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Nasaf” 69 ochkoni, “Metallurg” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf”ning “Metallurg” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 7:0ga teng. Bekobod klubi ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa 3:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil jamoalar o'z maydonlarida o'tgan uchrashuvlarda g'olib chiqishgan. Qarshidagi bahsda Azamat Allaniyozov, Ilhom Yunusov va SHohruh Gadoev mezbonlar safida gol urishgan, bunga “Metallurg” tarkibida SHahzodbek Nurmatov to'p kiritgan – 3:1. Bekobodda 2:1 hisobi qayd etilgan. SHuxrat Yo'ldoshev va SHahzodbek Nurmatovning gollariga Azamat Allaniyozov javob bergan.   

Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
04.05.2013  Nasaf – Metallurg 3:1
21.06.2012  Nasaf – Metallurg 1:0
29.05.2011  Nasaf – Metallurg 2:0
01.08.2010  Nasaf – Metallurg 2:0
03.10.2009  Nasaf – Metallurg 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” Qarshida bu raqib bilan bo'lib o'tgan 16ta o'yinning barchasida g'olib bo'lgan. Oxirgi 6ta o'yinda “Metallurg” Qarshida “ajdarlar” darvozasiga faqat bitta gol urgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика