So’nggi yangiliklar

01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  0 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  2 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  4 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  53 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6

Prevyu: “Metallurg” – “Nasaf” Yangiliklar

Prevyu: “Metallurg” – “Nasaf”

Teglar :  MetallurgNasaf
Mamlakat XXVII milliy chempionatining 14-turida “Metallurg” o'z maydonida Superliganing etakchi va kuchli jamoalaridan – Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida o'zaro 41 ta uchrashuv o'tkazishgan. SHulardan 26 tasida qarshiliklar g'alaba qozonishgan bo'lishsa, 10 uchrashuvda “Metallurg” “Nasaf”ni taslim etgan. 5 ta o'yinda esa g'olib jamoa nomi aniqlanmagan, kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati “Nasaf” foydasiga 70:32. O'zaro o'yinlarda “Nasaf” 83 ochkoli bo'lgan, “Metallurg” esa 35 ochko jamg'argan.

“Nasaf”ning Bekobod klubi ustidan qozongan yirik g'alabasi – 7:0 ga teng. “Metallurg” esa ushbu raqibini 3:0 hisobida mag'lub eta olgan.

Mazkur jamoalarning bu yilgi mavsum birinchi davrasidagi Qarshida o'tgan uchrashuvida 1:1 hisobida durang natija qayd etilgandi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Islom Rashidxonovning to'p oshirishidan keyin Azizjon G'aniev hisobni ochgan bo'lsa, 69-daqiqada Suhrob Nurulloevning goli evaziga bekobodliklar mag'lubiyatdan qutilib qolishgandi. Suhrobga gol kiritishida SHahzod SHaymanov assistentlik qilgandi.

Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi barcha uchrashuvlar:
26.05.2017 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
16.05.2016 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
30.09.2015 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
12.09.2014 «Metallurg» – «Nasaf» 0:2
29.09.2013 «Metallurg» – «Nasaf» 2:1
18.08.2012 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
21.08.2011 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
14.06.2010 «Metallurg» – «Nasaf» 0:0
25.04.2009 «Metallurg» – «Nasaf» 1:3
02.11.2008 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
25.11.2007 «Metallurg» – «Nasaf» 2:1
22.10.2006 «Metallurg» – «Nasaf» 1:2
24.04.2005 «Metallurg» – «Nasaf» 2:3
05.11.2004 «Metallurg» – «Nasaf» 0:2
20.09.2003 «Metallurg» – «Nasaf» 1:1
16.11.2002 «Metallurg» – «Nasaf» 3:0
10.03.2001 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
03.08.2000 «Metallurg» – «Nasaf» 0:0
06.06.1999 «Metallurg» – «Nasaf» 3:1
01.11.1998 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” Bekobodda bu raqibni 9 marta mag'lub etgan. "Ajdarlar" madanchilar maydonida 8 bor g'alaba qozonishgan. Uchta uchrashuvda esa durang kuzatilgan.


Tanishing, "Metallurg" raqibi: “Nasaf”

Qashqadaryo viloyati markazi sharafini himoya etuvchi mazkur klubga 1985 yilda asos solingan. Jamoa dastlabki mavsumlarni “Geolog” nomi ostida o'tkazgan. 1992 yilda “Paxtachi”, 1993-95 yillarda “Nasaf”, 1996 yilda “Dinamo-Nasaf” nomi bilan musobaqalarda ishtirok etgan. 1997 yildan shu kunga qadar oliy liga bahslarida “Nasaf” nomi bilan qatnashib kelayapti. Klub qisqa fursat ichida juda boy tarixga ega bo'ldi. 2011 yilda mamlakat vice-chempionligiga erishdi. Milliy birinchiligimizda eng ko'p – 10 marta bronza medali bilan taqdirlandi. O'zbekiston kubogi sohibi – 2015 yil. Besh marta kubok o'yinlarining finalchisi. 2001/2002 yillarda Osiyo chempionlari kubogi musobaqasida yarim finalgacha etib borgan bo'lsa, 2011 yili OFK kubogini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari 2016 yilda O'zbekiston Superkubogiga ham sazovor bo'lgan. Ikki marta (2002, 2011 yillar) OFKning “Halol o'yin” sovrinini qo'lga kiritgan.

Milliy chempionatlarimizda klub sharafini eng ko'p o'yinda himoya etgan futbolchisi Ro'ziqul Berdiev sanaladi. Bugungi kunda bosh murabbiylik lavozimida ishlab kelayotgan R.Berdiev 314 o'yinda futbolchi sifatida maydonga tushgan. Jamoa to'purari Zafar Xolmurodov. U raqiblari darvozasiga 181 ta gol urgan. Bitta mavsum bo'yicha ham eng yaxshi ko'rsatkich Zafar Xolmurodovga tegishli – 30 ta gol, 2000 yil.

Jamoaning eng yirik hisobdagi g'alabasi – 8:1 (2004 yil – “Andijon”), 7:0 (2004 yil – “Metallurg”). Eng yirik mag'lubiyati esa – 0:6 (1998 yil – “Andijon”). Eng sermahsul uchrashuv esa 2006 yili “Xorazm” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv bo'lgan – 9:3.

“Nasaf” oliy ligada bugungacha 631 ta o'yin o'tkazgan: 354 ta g'alaba, 119 ta durang, 158 ta mag'lubiyat qayd etgan. Raqiblar darvozasiga 1141 ta gol kiritgan holda, o'z darvozalari to'ridan 695 ta to'p olib chiqishgan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика