So’nggi yangiliklar

22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  0 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  4 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2

Prevyu. "Metallurg" – "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" – "Bunyodkor"

Mamlakat milliy chempionatining 26-turida Bekobodning "Metallurg" klubi o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar shu kunga qadar o'zaro 26 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar yurtimizning nomdor klublaridan sanaluvchi “Bunyodkor” foydasiga. Toshkentliklar 19 ta o'yinda g'alaba qozonishgan. 3 ta o'yinda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. 4 ta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati: 51-22.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2009 yili Bekoboddagi o'yinda kuzatilgandi. O'shanda bunyodkorchilar mezbonlar darvozasiga javobsiz to'rtta to'p yo'llashgandi. Eng sermahsul uchrashuv esa undan bir yil muqaddam Toshkentdagi uchrashuvda qayd etilgan. Qaldirg'ochlarning to'rtta goliga bekobodliklar ikkita aniq zarbasi bilan javob qaytarishgan.

Bekobodda o'tgan so'nggi beshta uchrashuv:
20.10.2018 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:0
19.07.2018 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
14.10.2017 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
16.06.2016 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
26.04.2015 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:2




Tanishing, raqibimiz – “Bunyodkor”!

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi mamlakatimizning eng yosh jamoalaridan biri sanaladi. Klubga asos solinganiga endigina 15 yil bo'ldi. Ammo qisqa fursat ichida jamoa birinchi ligadan oliy ligaga yo'l oldi va kuchlilar safida ham doimiy ravishda etakchilar qatoridan o'rin egallab kelayapti. 2007 yildan elita safida “qaldirg'ochlar” besh marta O'zbekiston chempioni, ikki marta vice-chempion, bir marta bronza medali sovrindori, to'rt marta O'zbekiston kubogi sohibi va besh karra finalchisi, O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'ldi. 2008 yildan Osiyo chempionlari ligasida yurtimiz sharafini himoya etib kelayotgan “Bunyodkor” jamoasi ikki marta qitaning mazkur nufuzli turnirida yarim finalgacha etib bordi (2008, 2012 yillar). Oliy ligadagi eng past ko'rsatkichi to'rtinchi o'rin bo'lgan (2014-2015, 2017 yillar).

“Bunyodkor”ning uy stadioni mamlakatimizning eng muhtasham futbol majmuasi “sanalardi”. 2012 yilning 28 sentyabr sanasida qurib, foydalanishga topshirilgan, “Bunyodkor” va O'zbekiston milliy terma jamoasi uy stadioni hisoblanuvchi maskan o'z bag'riga 34000 tomoshabinni sig'diradi. Ammo o'tgan mavsumdan “Bunyodkor” stadioni O'FA balansiga o'tkazildi va u “Milliy” stadion deb yuritilayapti.

“Bunyodkor” bugungacha oliy liga bahslarida 351 ta uchrashuv o'tkazgan. SHulardan 235 tasida g'alaba qozongan, 67 tasida durang o'ynagan, 49 tasida mag'lubiyatga uchragan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 657:224. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik hisobli g'alabasi – 7:0 (“SHo'rtan”, 2008 yil), eng yirik mag'lubiyati – 0:3 (“Lokomotiv”, 2015 yil).

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика