Nosir Abdusalomov: "Chempionlik? Bu haqda o'ylashga erta"
09 avg 09:06
Yangiliklar
Nosir Abdusalomov: "Chempionlik? Bu haqda o'ylashga erta"
- O'yin qiyin o'tdi. "Sho'rtan" o'yinga yaxshi tayyogarlik ko'rgani bilindi. Uch ochko qo'lga kiritmoqchi edik, o'xshamadi.
- Bu o'yin koncert sababli "Bunyodkor"da emas, "Jar" stadionida o'tkazildi. Bu o'yinga qanchalik tasir qildi?
- Bahs "Jar"da bo'lishini bilardik. Endi bu maydonga moslashishimiz kerak. Chunki oldindagi 2-3ta o'yinimizni shu erda o'tkazamiz.
- Jamoaning chempionlikka imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Bu haqda o'ylashga hali erta. Har bir uchrashuvda maksimal ochkolar to'plashga harakat qilyapmiz. Yil oxirida turnir jadvaliga qaraymiz.
- "Bunyodkor" ushbu mavsumda turnir jadvalidagi favoritlarni mag'lub etyapti, biroq o'rtadagi jamoalarga qarshi o'yinlarda ochkolar yo'qotmoqda. Bu raqibni mensimaslik bilan bog'liq emasmi?
- Unday demagan bo'lardim. Biz o'yinlarga maksimal tayyorlanamiz. O'zimizdan kuchsizroq bo'lgan jamoalarga qarshi o'ynash qiyinroq bo'ladi. Lekin o'yinga yuz foiz etiborimizni qaratamiz. Natijalarda muammolar bo'lib turadi.
- Keyingi o'yin "Surxon"ga qarshi bo'ladi.
- "Surxon"ga uch ochko uchun boramiz. Turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashimiz kerak.
- Bugungi o'yindagi eng yaxshi futbolchi sifatida o'zingizni etirof qilgan bo'larmidingiz?
- Yo'q. Temurxo'ja Abduxoliqov yaxshi o'yin o'tkazdi. Himoyachilarimiz ham yaxshi harakat qilishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar