So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

PREVYU. "Lokomotiv" - "Dinamo" Yangiliklar

PREVYU. "Lokomotiv" - "Dinamo"

Oliy liganing 24-turini ochib beruvchi bahsda "Lokomotiv" va "Dinamo" to'qnash kelishadi.
Lokomotiv – Dinamo
24 oktyabr 2014. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:00
Hakamlar:
T.To'xtasinov, O.Abduvasilov, N.Ro'zimov, A.Rahimov.
Nazoratchi: V.Valickiy.

“Lokomotiv” va “Dinamo” oliy ligada 19 bora to'qnash kelishgan. Natijalar samarqandliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Dinamo” 10ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Lokomotiv” ushbu raqibni hozirga qadar 6 marta mag'lub eta olgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Dinamo” tomonida - 33:26. O'zaro o'yinlarda “Dinamo” 33, “Lokomotiv” esa 21 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Dinamo”da bu ko'rsatkich yanada kattaroq – 5:0.

Birinchi davrada Samarqandda bo'lib o'tgan o'yinning birinchi bo'limida Islom To'xtaxo'jaev mehmonlarni oldinga olib chiqqandi. 66-daqiqada Salim Mustafoev o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yib hisobni tenglashishiga sababchi bo'lgandi. Oradan uch daqiqa o'tib aynan Mustafoevning o'zi bu safar “Dinamo” darvozasiga gol urib aybini yuvgan – 1:2.

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

03.05.2013 Lokomotiv - Dinamo 3:1
03.08.2012 Lokomotiv - Dinamo 3:1
02.10.2010 Lokomotiv - Dinamo 2:2
18.08.2009 Lokomotiv - Dinamo 1:2
17.10.2008 Lokomotiv - Dinamo 1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Toshkentda bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 4tasida “temiryo'lchilar” zafar quchishgan. Bir marta (2010 yil) durang qayd etilgan. Qolgan to'rtta uchrashuvda “Dinamo” safardan g'alaba bilan qaytgan. Oxirgi uch o'yinda “Loko” o'z uyida mag'lub bo'lmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика