So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  11 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

PREVYU. "Buxoro" - "Olmaliq" Yangiliklar

PREVYU. "Buxoro" - "Olmaliq"

Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan "Buxoro" o'z muxlislari qarshisida "Olmaliq" bilan o'ynaydi.
Buxoro – Olmaliq
25 oktyabr 2014. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 16:00
Hakamlar:
R.Bobomurodov, R.Fozilov, R.G'opurov, S.Sattorov.
Nazoratchi: R.Serazetdinov.

“Buxoro” va “Olmaliq” oliy ligada 11 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “Olmaliq”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 7ta o'yinda g'olib bo'lgan, “Buxoro” 3 marta bu raqibni mag'lub etgan. 1ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Olmaliq” tomonida - 23:11. O'zaro o'yinlarda “Buxoro” 10 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Olmaliq” 22 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Buxoro”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1ga teng. “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi esa 6:1.

Dastlabki davrada Olmaliqda kechgan o'yinda mezbonlar zafar quchishgan. Serbiyalik legioner Aleksandr Alempievichning birinchi va ikkinchi bo'lim boshida urgan gollariga buxoroliklar safida Jamoliddin Ubaydullaev javob bergan – 2:1.

Buxoroda bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
20.04.2013 Buxoro - Olmaliq 1:0
15.06.2012 Buxoro - Olmaliq 0:1
09.04.2011 Buxoro - Olmaliq 1:0
10.06.2009 Buxoro - Olmaliq 1:3
04.10.2008 Buxoro - Olmaliq 1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonida bo'lib o'tgan 5ta o'yinning 2tasida g'alaba qozongan. Qolgan uchta bahsda“Olmaliq” safarda bo'lishiga qaramay raqibni taslim qilishga muvaffaq bo'lgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика