So’nggi yangiliklar

17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  0 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  4 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 17:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  4 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  10 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  11 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   4

Prevyu. "Buxoro" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Andijon"

Teglar :  BuxoroAndijon
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan so'nggi bahs "Buxoro" va "Andijon" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Buxoro (Buxoro) – Andijon (Andijon)
17 aprel 2016. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 17:30
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

“Buxoro” va “Andijon” oliy ligada jami 42 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 12tasida andijonliklar g'olib bo'lishgan, 18 o'yinda buxoroliklar g'alabani tantana qilshigan. O'zaro o'yinlarda 12 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Buxoro” foydasiga 67:55 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Buxoro” 66 ochkoni, “Andijon” esa 48 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Andijon”ning “Buxoro” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 6:1. Qizig'i “Buxoro”ning o'zaro o'yinlarda “Andijon” ustidan eng yirik g'alabasi ham 6:1.

O'tgan yil birinchi davrada vodiydagi bahsda hisobni Abdumalik Abdullaev ochgandi. Birinchi bo'lim oxirida Ibrohim Otaxonov penaltidan unumli foydalanib hisobni oshirgandi. Ikkinchi bo'limda Otabek Narzullaev "Buxoro"ning yagona javob to'pini kiritgandi - 2:1. Ikkinchi davrada xuddi shu hisob bilan “Buxoro” o'z uyida zafar quchgan. Suxrob Nematov va Alisher Sanaevning gollariga mehmonlar safida Anvar Berdiev javob bergan – 2:1.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.08.2015 Buxoro - Andijon 2:1
20.09.2014 Buxoro - Andijon 3:0
17.11.2012 Buxoro - Andijon 1:0
19.03.2011 Buxoro - Andijon 0:0
29.06.2009 Buxoro - Andijon 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” mezbonlik qilgan o'yinlarning 13tasida maydon egalari muvaffaqiyat qozonishgan. 7ta o'yinda g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmagan. “Andijon” bu jamoa maydonidan faqat bir marta (2008 yil) g'alaba bilan qaytgan. Oxirgi besh o'yinda "burgutlar" Buxoroda 3 ochko olishning uddasidan chiqa olishmagan.  

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика