So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  1 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

Prevyu. "Bunyodkor" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Metallurg"

Bekobodning "Metallurg" klubi Toshkentda "Bunyodkor" klubi mehmoni bo'ladi.
Bunyodkor (Toshkent) – Metallurg (Bekobod)
23 may. Toshkent. “Jar” stadioni.  19:00
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), F. Hasanov (Namangan), R. G'opurov (Namangan), D. Dosanov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

“Bunyodkor“ hamda “Metallurg“ shu kunga qadar o'zaro 14 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 12ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Ikkita o'yinda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Bunyodkor” foydasiga 35-14. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 36 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Metallurg” 6 ochkolik bo'lgan.

“Bunyodkor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Metallurg”ning  “qaldirg'ochlar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 2:1 ni tashkil etadi.

2013 yil har ikkala o'yinda ham "qaldirg'ochlar" g'alaba qozonishgan. Dastlab poytaxtda bo'lib o'tgan bahsda Oleg Zoteev, Jasur Hasanov va Oleksandr Pishur gol urishgan - 3:0. Bekobodda Lutfulla To'raev dublga erishgan, Oleksandr Pishur to'p kiritgan. Mezbonlardan SHaxzodbek Nurmatov hamda Ruslan Vagapov o'zini ko'rsatishgan - 2:3.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.06.2013  Bunyodkor – Metallurg  3:0
26.04.2012  Bunyodkor – Metallurg  3:1
20.03.2011  Bunyodkor – Metallurg  3:1
26.10.2010  Bunyodkor – Metallurg  2:1
15.08.2009  Bunyodkor – Metallurg  4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt :
“Metallurg” so'nggi bor 2007 yili mavsumda “Bunyodkor” uyidan g'alaba bilan qaytgan edi. Bu ularning safardagi dastlabki va hozirga qadar yagona g'alabalari hisoblanadi. SHundan so'ng “Bunyodkor” uyida o'tgan 6ta o'yinda “qaldirg'ochlar” g'alaba qozonishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика