So’nggi yangiliklar

23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  14 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  5 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

Prevyu. Bundesliga: "Augsburg" o'ch oladimi? Yangiliklar

Prevyu. Bundesliga: "Augsburg" o'ch oladimi?

Germaniya Bundesligasining 20-turini "Manyc" hamda "Augsburg" jamoalari o'rtasidagi bahs ochib beradi.

Ushbu jamoalarning birinchi davradagi bellashuvida Martin SHmidt boshchiligidagi "Maync" mehmonda "Augsburg"ni ishonchli tarzda (3:1) mag'lub etgandi. "Augsburg" esa o'sha o'yin uchun ham bugungi uchrashuvda o'ch olishni maqsad qilgan. Manuel Baum shogirdlari ayni paytda 24 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog'onasida borishmoqda.

"Maync" qishki transfer oynasida Boyan Krkichni jamoaga jalb etdi va bu futbolchidan ularning umidlari katta

Ular "Maync"dan ikki ochkoga, jadvalda esa ikkita o'ringa tepadalar.
"Maync"ning bu to'qnashuvdagi maqsadi aniq, yani g'alaba. Ularga bu g'alaba ayni paytdagi raqiblaridan ham uzib ketish imkoniyatini yaratib berishi ikki hissa yoqimli. "Augsburg" o'ntalikdan yuqorilash, "Maync"dan yanada ilgarilab ketish uchun ham g'alaba qozonmog'i lozim. Birinchi davradagi o'z muxlislari qarshisidagi alamli mag'lubiyat ham "Augsburg"ni bugun tiq qayrab chiqishga majbur etadi.

Martin SHmidt jamoasi hujumda yaxshi o'ynaydi. Ularda samaradorlik ham yaxshi darajada. Ammo "Maync"ning himoya chizig'i zaif va shu jihat ularga ko'p bor pand berib keldi. Jamoa 19 o'yinda 27 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etishgan va o'z darvozalaridan 35 bor to'p o'tkazib yuborishgan.
Manuel Baumning "Augsburg" jamoasi esa hujum chizig'idagi o'yini bilan maqtana olmaydi. Jamoa urgan gollari o'tkazilgan o'yinlar sonidan ham pastligi hammasini ko'rsatib turibdi. "Augsburg" har bir o'yinga o'rtacha bittadan ham gol ura olmayapti. Lekin "Maync"ga qaraganda himoyada tartibli o'ynaydi. Bu jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarda asosan birgina gol bellashuv taqdirini hal etadi.

"Augsburg" hujumchisi Bobadilya nihoyat raqib darvozasini "o'qqa" tutishni boshlab yubordi...

Uchrashuvda aniq favorit jamoa nomini aytish mushkul. Biroq o'z uyida o'ynayotganini hisobiga kichik ustunlik "Maync" tarafida. Lekin "Augsburg" qo'lga kiritgan 6ta g'alabadan teng yarmiga aynan mehmonda erishgan.


Germaniya chempionatining 20-turining ilk bahsini boshqarish tajribali hakam Manuel Grafe
zimmasiga yuklatilgan.

Bundesliga, 20-tur. Turnir jadvali
Demak bugun tunda "Opel Arena"da "Maync" - "Augsburg" qarama-qarshiligi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Jamoalar jami 11 marotaba o'zaro duch kelishgan. "Maync" shu uchrashuvlarning 6tasida g'alaba qozongan. "Augsburg" esa 3 ta bellashuvda ustun kelgan. Qolgan ikkita o'yin durang bilan tugagan.
To'plar nisbati: 22-13, "Maync" foydasiga.

Qiziq fakt
: "Augsburg" jamoasi ketma-ket 6 o'yindan buyon "Maync" qarshiligi enga olmay kelmoqda.


Turning qolgan uchrashuvlari ertaga va indinga davom ettiriladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика