"Borussiya" elektromobil ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi
05 avg 22:33
Yangiliklar


"Borussiya" elektromobil ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi
Dortmundning "Borussiya" klubi Shveciyaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Polestar bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini elon qildi.
Kompaniya logotipi jamoa futbolkalarining englarida, shuningdek, mashg'ulot kiyimlarida hamda stadion va uning atrofidagi reklama yuzalarida aks ettiriladi.
Klub futbolchilar, rahbariyat va klub mutasaddilari foydalanishi mumkin bo'lgan 60 ta mashinadan iborat parkka ega bo'ladi.
Hamkorlik "Borussiya"ga yiliga taxminan 5 million evro olib keladi. Bonuslar bilan umumiy summa 15 million evrodan oshishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar