Noyer Ter Shtegen bilan bog'liq vaziyat tufayli Germaniya terma jamoasiga qaytishga tayyor
31 iyu 15:41
Yangiliklar


Noyer Ter Shtegen bilan bog'liq vaziyat tufayli Germaniya terma jamoasiga qaytishga tayyor
Myunxenning "Bavariya" jamoasi tajribali darvozaboni Manuel Noyer yaqin vaqt ichida terma jamoadagi faoliyatini qaytadan jonlantirishga shay.
"Bild" xabariga ko'ra, agar terma jamoa ustozi Yulian Nagelsmanning shaxsan o'zi bu haqda so'rasa, 39 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasiga qaytadi. Noyer "Barselona" boshliqlari bilan janjallashib qolgan Mark-Andre ter Shtegen bilan yuzaga kelgan noaniq vaziyat tufayli terma jamoaga qaytishi mumkin. Qolaversa, darvozabon bel qismidan operaciya qilingan va 3-4 oyga safdan chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Manuel Noyer 2024 yil terma jamoadagi faoliyatini yakunlayotganini elon qilgandi. "Bundestim" tarkibida mashhur darvozabon jami 124 o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 118 ta gol o'tkazib yuborgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar