So’nggi yangiliklar

17:31Салоҳ: "Деярли декабрь бўлди ва мен клубда қолиш учун бирорта ҳам таклиф олмадим"  0 17:05Рубен Аморим: "Кейинги йил ҳам шу босқичда худди шу муаммолар билан қоламиз ёки ҳозир бошлаб, бироз таваккал қиламиз"  2 16:42"Манчестер Сити" Англия терма жамоасининг 20 ёшли футболчисига қизиқмоқда  0 16:16Италия терма жамоаси собиқ ҳужумчиси миллий федерацияни бошқариши мумкин  1 15:49Куртуа "Реал" сафидаги юбилей "қуруқ" ўйинини ўтказди  0 15:22Футбол тарихидаги энг яхши 10 нафар сардор  23 14:55ПСЖ португалиялик футболчиcини ўзида сақлаб қолмоқчи  0 14:13Тома Табатадзе "Навбаҳор" билан хайрлашди  9 13:45U-17 Жаҳон чемпионатида Осиёдан 9 та жамоа! Бу қандай бўлади?  5 13:27Мутахассис нигоҳи - "Футболни алдаб бўлмайди, кам бюджет билан ҳам яхши жамоа қилиш мумкин"  5 13:01"Барселона" Влаховични Левандовскининг вориси сифатида кўрмоқда  7 12:35Абдусалом Азизов ЎФАдаги фаолиятини давом эттирадими?   14 12:12Суперлига янги мавсуми 7 мартдан старт олиши кутилмоқда  1 11:48Сервер Жепаров нима учун Европада ўйнаш насиб қилмаганини тушунтирди  10 11:20Суперлига 25-тур фактлари. "Бунёдкор"да тарихий ғалаба, ОКМК 11 йилдан сўнг Тошкентда "Пахтакор"ни ютди, "Навбаҳор"нинг ишлари беш  0

Prevyu: "Bavariya"ga qarshi fantastik "kambek"ni amalga oshirib ko'rishga intiladigan "CHelsi" va Messiga ishonayotgan "Barselona" Yangiliklar

Prevyu: "Bavariya"ga qarshi fantastik "kambek"ni amalga oshirib ko'rishga intiladigan "CHelsi" va Messiga ishonayotgan "Barselona"

Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichining so'nggi ikkita yo'llanmasi kimga nasib etishi rasman hal bo'ladigan kun.

Kecha amaldagi Italiya va Ispaniya chempionlari musobaqani nimchorak finaldayoq tugatishga majbur bo'lishdi. "Manchester Siti" har ikkala o'yinda ham "Real" imkon bermagan bo'lsa, "Lion" "Yuventus"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra, yani mehmondagi gol faktori evaziga ortda qoldirdi.

Bugun Ispaniyaning ayni kundagi ikkinchi jamoasi "Barselona" "Napoli" to'sig'idan o'tishga urinsa, javob bellashuvidan oldin juda katta ustunlikka ega Germaniya etakchisi "Bavariya" "CHelsi" bilan bahslashadi.


ECHL, 1/8 final.

Javob o'yini.

"Barselona" - "Napoli" (1:1)

"Kamp Nou" stadioni.

Bosh hakam: CHuneyt CHaqir (Turkiya)


"Barselona" (taxminiy tarkib) - ter SHtegen - Semedu, Pike, Langle, Alba - Roberto, Rakitich, de Yong, Messi - Suares, Grizmann.

O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Buskest (diskvalifikaciya), Vidal (diskvalifikaciya), Dembele (jismonan tayyor emas), Yumtiti (jarohat)

Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Grizmann, Messi, Semedu.


"Napoli" (taxminiy tarkib) - Ospina - Di Lorenco, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy - Fabian Ruis, Demme, Zelinski - Kalexon, Mertens, Insine.

O'ynashi so'roq ostida: Maksimovich (jarohat)

Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Kulibali, Lorente, Mariu Ruy.


Messiga bog'liq


Neapoldagi durangdan keyin mazkur qarama-qarshilikda har ikkala jamoa chorak final masalasini hal etish imkoniyatini saqlab turibdi. "Barselona" so'nggi paytlarda o'yin taraflama avvalgidek barqaror emas. Ayni paytda jamoaning keyingi bosqichga yo'l olish yoki olmasligi ko'p jihatdan Messiga bog'liq. Jamoaning o'yin kartinasi va umumiy kayfiyatiga Messi juda katta tasir qiladi. "Napoli" esa ko'p jihatdan Messini zararsizlantirish orqali imkoniyatlarini oshirishi mumkin. SHuningdek, Gattuzo himoyani ham mazkur vaqtga qadar qanchalik tartibga solganiga ko'p narsa bog'liq. CHunki jamoa oxirgi o'yinlarda mudofaa chizig'ida juda ishonchsiz harakat qilayotgandi. Lekin Gattuzo oldida turgan oxirgi muammo emas. "Napoli" chorak finalni orzu qilsa, unda nafaqat Messini zararsizlantirish, himoyada tartibdi o'ynash va balki gol urishi shart. CHunki ehtimoliy 0:0 hisobidagi durang "Barselona" foydasiga xizmat qiladi. "Napoli"ning umidi va ishonchi bu Mertens va Insine. Bu ikkovlon oxirgi paytlarda o'zlarining yaxshi sport formasida ekanligi Gattuzoni biroz xotirjam qilishi mumkin.


ECHL, 1/8 final.

Javob o'yini.

"Bavariya" - "CHelsi" (3:0)

"Alyanc Arena" stadioni.

Bosh hakam: Ovidiu Xategan (Ruminiya)

"Bavariya" (taxminiy tarkib) - Noyer - Kimmix, Boateng, Alaba, Devis - Tyago, Gorecka - Gnabri, Myuller, Perishich - Levandovski.

O'ynamaydi: Pavar (jarohat)

So'roq ostida: Koman (jarohat)

Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Tyago, Kimmix.


"CHelsi" (taxminiy tarkib) - Kabalero - Ryudiger, Kristensen, Zuma - Jeyms, Kovachich, Barkli, Emerson - Maunt, Jiru, Xadson-Odoi.

O'ynamaydi: Alonso (diskvalifikaciya), Jorjino (diskvalifikaciya), Pulishich (jarohat), Aspilikueta (jarohat), Pedro (jarohat)

So'roq ostida: Kante (jarohat), Villian (jarohat), Loftus-CHik (jarohat)

Diskvalifikaciya xavfidagi futbolchilar: Zuma



"CHelsi" fantastik "kambek" sodir etadimi?

Mazkur qarama-qarshilikda ko'p narsa birinchi bahsda qisman hal etilgan. Lekin nazariy jihatdan "CHelsi"ni hisobdan chiqarishga erta. CHunki oldinda hali minimum 90 daqiqalik o'yin mavjud. Nafaqat hisobdagi katta tafovut, balki o'yin taraflama ham xattoki yorqin o'ynayotgan "CHelsi" hozirgi "Bavariya"ga etarlicha qarshilik ko'rsatishi mushkul ish. "Bavariya" rulga Flik o'tirgach nafaqat natijalarni maksimallashtirdi, balki o'yin jihatdan Evropaning eng kuchli jamoasi sifatida shakllanib bormoqda. Kuchli pressing, doimiy bosim va tajoquzkorlik "Bavariya"ga qaytdi. Jamoaning o'yini, natijalari va qayd etayotgan rekordlari ko'p jihatdan o'sha 2013 yildagi dahshatli "Bavariya"ni eslatmoqda. 

Flik jamoaga kelgach "Bavariya" barcha musobaqalarda 32 o'yin o'tkazdi va shularning 29tasida ishonchli g'alabalarni tantana qildi. Faqatgina 2 o'yinda mag'lubiyat va 1 durang qayd etdi. "Bavariya" Flik boshqaruvidagi 29 o'yinda roppa-rosa 100ta gol kiritgan. Solishtirish uchun, "CHelsi" ham Lempard qo'l ostida 29 g'alabaga erishgan. Faqatgina farqli jihati, "CHelsi" 29 g'alabani 54 o'yinda qayd etgan. Futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Ayniqsa javob o'yinida Lempard bolalalarining yo'qotadigan narsasi yo'q. Bu esa "CHelsi" o'yin avvalidan "vabank"ka borishini anglatadi. Lekin hozirgi "Bavariya" bunday ustunlikni berib qo'yadigan jamoaga o'xshamayapti. Futbolda mo'jizalar ruy berib turishi bu o'yinda "CHelsi"ni umidsizlantirmasligi mumkin. Ammo "CHelsi"ni o'yin oldidan ikkita ustunlik tarafini ham qayd etish kerakki, bu "Bavariya"ga nisbatan jismoniy holati va o'yin amaliyoti. Flik jamoasiga aynan tanaffusga chiqqani va o'yin amaliyotisiz qolgani qaysidir manoda mazkur bahsda muammolar taqdim etishi mumkin. 


Murabbiylar nima deydi?


Kike Seten ("Barselona" bosh murabbiyi): - "O'yinga tayyorgarlik jarayonini ancha sifatli o'tkazdi. Ishonchim komil, biz keyingi bosqichga o'tamiz va bundan tashqari finalga chiqish uchun jiddiy kurashamiz. "Napoli" bilan o'yin oson o'tmaydi, qiyin bahsga kerakli darajada tayyor bo'lishimiz lozim. Ko'proq to'pni o'zimizda saqlab, raqibga gol urish uchun imkoniyat tug'dirmasligimiz kerak. Bu biz hujum qilmaymiz degani emas. "Barselona" g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi".

Jennaro Gattuzo ("Napoli" bosh murabbiyi): - "Biz qanday darajadagi jamoaga qarshi o'ynashimizni tushunib turibmiz. Texnik va taktik taraflama juda kuchli o'yin namoyish etishimiz shart. Xattoki bu ham muvaffaqiyat uchun kamlik qilishi mumkin. "Barselona" joriy mavsum hech narsa yutgani yo'q. Bu esa ularni yanada kuchlantiradi va motivaciya beradi. CHunki raqib doim sovrinlarni yutishga o'rgangan. Biz Everest cho'qqisiga chiqishimiz kerak bo'ladi. Umid qilamanki, Insine o'ynaydi. Agar shifokorlar uni tayyor emas deyishsa, unda tavakkal qilmayman".


Xans Flik ("Bavariya" bosh murabbiyi): - "Raqibni hurmat qilish kerak. Restartdan keyin "CHelsi" qanday o'ynaganini ko'rdik. SHu bois bo'lajak o'yinga avvalgidek munosabatda bo'lish lozim. Xotirjamlikka berilishga erta. O'zimizning futbolni namoyish etish asosiy ustuvor vazifamiz. "Bavariya" doim uddalaydigan ishini qilishi, yani har o'yinda g'alaba qozonishi kerak".

Frenk Lempard ("CHelsi" bosh murabbiyi): - "Men bu vaziyatdan chiqib ketib, g'alaba qozonishimizga ishonaman. Bu juda qiyin vazifa. Qiyin bo'ladi. Lekin biz o'zimizga va g'alabaga ishonishimiz kerak. Bizda fantastik vazifani bajarish imkoniyati tug'ilgan. Katta ishonch bilan o'ynash talab etiladi. Kuchli raqibga qarshi juda qiyin o'yinda birlasha olishimizni kutmoqdaman. Ishga to'g'ri munosabat orqali muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin".


Fakt: Joriy mavsum ECHL doirasidagi barcha o'yinda g'alaba qozongan yagona jamoa - "Bavariya".

Fakt: "Barselona"ni "Kamp Nou"da oxirgi marta 2013 yil "Bavariya" sharmandali tarzda mag'lub etgandi. SHundan so'ng kataloniyaliklar ECHL doirasida o'z uylarida mag'lub bo'lishgani yo'q. Seriya 35 o'yinga etgan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика