PREVYU. Babayan bu safar Boshkovichni mag'lub eta oladimi?
12 may 17:19
Yangiliklar
PREVYU. Babayan bu safar Boshkovichni mag'lub eta oladimi?
O'zaro o'yinlar tarixi
Jizzax va Namanganning asosiy jamoalari milliy chempionatida shu kungacha o'zaro 56 marotaba to'qnash kelishgan. 22 uchrashuvda "So'g'diyona" g'alaba qozongan bo'lsa, 26ta bahs yakunidan so'ng "Navbahor" g'alabani tantana qilgan va 8ta o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. Jamoalar tarixidagi ilk to'qnashuvi 1992 yil 20 aprel kuni o'tkazilgan. "So'g'diyona" mezbonlik qilgan dastlabki uchrashuvda, mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. "Navbahor"ning raqib ustidan qozongan ilk g'alabasi esa 1992 yil oktyabr oyiga to'g'ri keladi. "Navbahor" 3:1 hisobini qayd etgan. O'zaro to'qnashuvlarda "So'g'diyona" 64ta gol urgan bo'lsa, namanganliklar raqib darvozasiga 93 marta ishg'ol etgan. O'zaro qarama-qarshilikda "So'g'diyona"ning eng yirik g'alabasi 3:1, "Navbahor"ning eng yirik g'alabasi 7:0 ko'rinishida qayd etilgan.
O'tgan mavsumda jamoalar ikki marotaba to'qnash kelishdi. Aprel oyining birinchi kunida o'tkazilgan bahsda Samvel Babayan shogirdlari 3:0 hisobidagi yirik g'alabani qayd etishgan. "Markaziy" stadionida o'tkazilgan uchrashuvda Oston Urunov, SHahboz Jo'rabekov va Milosh Milovichlar o'z ismini tabloga yo'zdirib qo'ygan edi. Avgustda bo'lib o'tgan ikkinchi davra bahsida esa Boshkovich jamoasi birinchi davradagi mag'lubiya alamini olgan va 2:1 hisobida raqibni mag'lubiyatga uchratgan edi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda Samandarjon Mavlonqulov va Lyupche Dorievning gollari jizzaxliklar g'alabasini taminlagan va "Navbahor"ni chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini kamaytirib yuborgandi.
So'ngi o'yin
17-tur
"So'g'diyona" – "Navbahor" 2:1
Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:30
Gol: Samandarjon Mavlonqulov (SHirinboy Abdullaev) 16', Lyupcho Doriev (Sanjar SHoahmedov) 81' – Oston O'runov 67'
Bosh hakam: Farruh Yansupov
Yordamchi hakamlar: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov
Zaxira hakami: Ilya Ilev
VAR: Akobirxo'ja SHukurillaev
AVAR: Aleksandr Sidorov
Nazoratchi: Masur Saidqosimov
Komissar: SHohruh Said
"So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 3.Abdulloh Omonaliev, 6.Alisher Salimov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 14.Lyupcho Doriev, 15.Tarik Isich, 22.Sanjar SHoahmedov (2.Jasurbek Yoqubov, 90+2), 28.Stanislav Andreev ( 80.Samandar Sindarov, 60), 30.Ollobergan Karimov (18.Mirjalol Abdumutalov, 60), 88.Samandarjon Mavlonqulov, 93.Marko Kolakovich (c).
Zaxira: 13.SHohruh Isoqov, 4.Elyor Orifov, 11.Jasur Hasanov, 12.Xislat Xalilov, 21.SHohruhjon Muxsinov, 90.Ulug'bek Kenjaev.
"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Abror Ismoilov (91.Toma Tabatadze, 28), 21.Temirxo'ja Abduxoliqov (8.Jasur Yaxshiboev, 57), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 27.SHahboz Jo'rabekov (24.Davron Hoshimov, 28), 77.Asadbek Sobirjonov (7.Oston O'runov, 57).
Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 4.Azim Ahmedov, 13.Filip Ivanovich, 20.Muzaffar Mo'minov, 31.Luka CHermel.
Ogohlantirishlar: Jamshid Boltaboev (59), Lyupcho Doriev (81), Oston O'runov (87).
CHetlatish: Lyupche Doriev (87)
Etiboringizga, jamoalarining o'zaro so'ngi beshta uchrashuvini havola qilamiz
26.08.2023
"So'g'diyona" - "Navbahor" 2:1
01.04.2023
"Navbahor" - "So'g'diyona" 3:0
10.09.2022
"So'g'diyona" - "Navbahor" 0:0
26.04.2022
"Navbahor" - "So'g'diyona" 1:2
08.08.2021
"So'g'diyona" - "Navbahor" 1:0
Joriy mavsumdagi natijalar
Jizzax jamoa joriy mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi, ammo keyingi turlarda vaziyatni o'nglab olindi va hozir "So'g'diyona". Birinchi turda "Neftchi"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Keyingi to'qnashuvlarda esa "Metallurg" (0:0) va "Olimpik" (2:2) jamoalari bilan durang qayd etildi. To'rtinchi turni safarda o'tkazgan "bo'rilar", amaldagi chempion "Paxtakor" 3:2 hisobida taslim etishdi. So'ngi ikki uchrashuvda esa Boshkovich jamoasi bir hil 1:0 hisobida "Qizilqum" va "Andijon"ni yutdi. SHu tariqa, "So'g'diyona" 6ta uchrashuvda 3ta g'alaba, 2ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etdi. Jizzaxliklar 11 ochko bilan musobaqa jadvalining uchinchi pog'onasini egallab turibdi.
"Navbahor" esa odatdagidek chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri. "Lochinlar" Superligani "Dinamo"ga qarshi 3:1 hisobidagi g'alaba bilan boshladi, ammo keyingi uchta bahsda durang qayd etishdi. Dastlab OKMK (1:1) keyin "Bunyodkor" (2:2) va "Surxon" (2:2) jamoalariga qarshi qimmatli ochkolar yo'qotildi. So'ngi to'qnashuvda esa, "Lokomotiv" yirik 4:0 hisobida taslim etildi. Namangan jamoasi joriy mavsum 5ta uchrashuvda ishtirok etib 3ta durang va 2ta g'alaba qayd etdi. Samvel Babayan jamoasi 9 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalining oltinchi o'rnini band etgan.
O'zbekiston kubogidagi ishtirok
"So'g'diyona" O'zbekiston kubogi guruh bosqichida "Paxtakor", "Qo'qon-1912" va "Jizzax" klublari bilan keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurashdi. "Qo'qon-1912"ni 2:0, "Jizzax"ni esa 2:0 hisobida mag'lub etgan Boshkovich shogidlari pley-off bosqichini deyarli hal etib bo'lishgandi. SHunga qaramay, so'ngi turdagi bahsda safarda "Paxtakor" 3:2 hisobida mag'lub etildi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o'z jamoasi namoyish etgan o'yinidan qoniqish hosil etmaganini gapirgan Ivan Boshkovich jamoasi guruh bosqichida barcha raqiblarini mag'lub etdi va yuz foizlik natija bilan guruhda peshqadam bo'ldi.
"Lochin"lar O'zbekiston kubogida "o'lim" guruhidan joy olishdi. "H" guruhida amaldagi kubok sohibi "Nasaf", "Andijon" va Samarqandning "Dinamo" kabi jamoalar bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurashdi. Birinchi turda kubok sohibi "Nasaf" safarda 1:0 hisobida mag'lub etildi. Ikkinchi turda "Andijon"ni o'z o'yida qabul qilgan Babayan jamoasi, yakunda 2:1 natijasini qayd etishdi. Guruhdagi so'ngi uchrashuvda "Dinamo" bilan murosa ko'chasi tanlandi, yakuniy natija 1:1. "Navbahor" guruhda 2ta g'alaba va 1ta durang qayd etdi va 7 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi.
Boshkovich jamoalari "Navbahor" uchun noqulay raqib
Ikki jamoa bosh murabbiylari Ivan Boshkovich va Samvel Babayan shu kunga qadar o'zaro ikki marotaba to'qnash kelishgan. Avvalgi ikkita o'zaro uchrashuvda chernogoriyalik mutaxassis g'alaba qozonib, Navbahorning chempionlik poygasidan chiqishiga sabab bo'lgan edi. 2022 yilgi mavsumning 20-turida o'sha vaqti "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida ishlagan Boshkovich Samvel Babayanning "Navbahor"iga qarshi maydonga chiqadi. "Navbahor" chempionlik poygasida ishtirok etayotgani tufayli ushbu uchrashuvdagi g'alaba juda muhim edi, ammo Usmonali Ismonaliev va Jasur Hakimovning gollari "Bunyodkor"ning 2:1 hisobida g'alabasini taminlaydi. O'tgan mavsum ikkinchi davrada, Boshkovich yana bir marotaba "Navbahor"ni mag'lub etdi, ammo chernogoriyalik mutaxassis endi "So'g'diyona" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan edi. Samandarjon Mavlonqulov va Lyupche Dorievning gollari 2:1 natijasidagi g'alabani qayd etadi.
Ekspert fikri
7-tur eksperti, O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Jafar Irismetov "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvida jamoalarning imkoniyatini quyidagicha baholadi:
- Jizzax jamoasi mavsumni yaxshi boshlamadi. Keyinchalik o'zini tiklab oldi va barqarorlikka erishdi. Ammo bu bahsda "Navbahor" kichik hisobda g'alaba qozonishini taxmin qilaman. "Lochinlar" chempionlik uchun asosiy davogar hisoblanadi. "Navbahor" 2:1 hisobida g'alaba qozonsa kerak.
Muallif taxmini
"So'g'diyona" va "Navbahor" jamoalari joriy mavsumda ko'p durang qayd etishmoqda. CHempionlikni maqsad qilgan namanganliklarga esa bir ochko etarlicha emas. Biroq, Boshkovich jamoasi ham "chaqilmas yong'oq"dek va ular bugun o'z o'yida o'ynashadi. Bugungi uchrashuvda durang natija qayd etilishini taxmin qilaman.
So'g'diyona — Navbahor
12 may, 19:00
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov
Zaxira hakami: Dauletbay Amanbaev
VAR: Akobirxo'ja SHukurullaev
AVAR: Elnur Doniyorov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Diyor Xotamqulov
Abdulvosit Bektemirov tayyyorladi
Fikrlar