So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  1 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

Prevyu. "Andijon" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "Nasaf"

Bugun oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi)
23 may. Andijon. “Sog'lom Avlod” stadioni. 17:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

“Andijon” va “Nasaf” va oliy ligada jami 30 bora to'qnash kelgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda.  SHu kunga qadar “ajdarlar” 18ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” bugunga qadar “Nasaf” 5 marta mag'lubiyatga uchratgan. “Nasaf” 73ta gol kiritgan, “Andijon” esa qarshiliklar darvozasini 42 bora aniq nishonga olgan. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda 61 ochko ishlab olgan bo'lsa, “burgutlar”da ushbu ko'rsatkich 22 taga teng.

“Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Andijon" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 8:1 ga teng bo'lsa, “Andijon”da bu ko'rsatkich – 6:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil “Andijon” birinchi ligada ishtirok etgan. SHu bois ushbu jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'yinlar 2012 yil bo'lib o'tgan. O'sha yil "Nasaf" har ikkala bahsda g'alaba qozongan. Qarshidagi bahsda SHuxrat Mirxoldirshoev, Artur Gevorkyan, Ivan Boshkovich va Andrey Perepletkin o'z hisoblariga gol yozib qo'yishgandi - 4:0. Vodiydagi uchrashuvda esa jami 7ta gol urilgan. "Burgutlar" tarkibida Alisher To'xtasinov, Davron Tursunov va Akmal Jo'raboev to'p kiritgan. "Ajdarlar"dan Artur Gevorkyan (ikkita), Vladimir SHishelov hamda Jahongir Jiyamurodov o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishgandi - 3:4.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
05.10.2012  Andijon – Nasaf  3:4
05.11.2011  Andijon – Nasaf  0:4
12.09.2010  Andijon – Nasaf  1:0
30.10.2009  Andijon – Nasaf  2:2
18.10.2008  Andijon – Nasaf  3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” o'z uyida 4 bor g'alaba qozongan, “ajdarlar” hisobida 5ta g'alaba mavjud. Qolgan 6 o'yin durang hisobi bilan tugagan. Andijonda bo'lib o'tgan so'nggi 2ta o'yinda “Nasaf” g'alaba qozongan, har ikkala uchrashuvda ham Qarshi klubi 4tadan gol urgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика