Premer-liga jamoalari CHemberlenga qiziqmoqda
14 jan 2023 19:10
Yangiliklar
Premer-liga jamoalari CHemberlenga qiziqmoqda
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlenga Premer-liganing boshqa klublaridan takliflar bor.
29 yoshli yarim himoyachi "Liverpul" bilan o'zining "Enfild"dagi shartnomasining oxirgi olti oyligiga kirdi. Futbolchining o'zi yozda boshqa klubga o'tishni istaydi va bunga Mersisayd klubi ham qarshi emas. Oksleyd-CHemberlen Qatardagi Jahon chempionatidan keyin ichki chempionatlar davom ettirilgach Yurgen Klopp tomonidan 5 ta o'yinda maydonga tushirilganiga qaramay, yanvar oyidayoq boshqa klubga o'tishi kutilmoqda.
Maydon markazining barcha nuqtalarida o'ynay oladigan futbolchi joriy mavsum "qizillar" libosida turli turnirlarda jami 9 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar