Potter: "CHelsi" "Arsenal"ga qarshi sifatsiz o'yin o'tkazdi"
07 noy 2022 11:07
Yangiliklar
Potter: "CHelsi" "Arsenal"ga qarshi sifatsiz o'yin o'tkazdi"
"Biz raqiblarimiz kuchiga to'g'ri baho berishimiz kerak – hozir ajoyib formada bo'lgan, o'ziga ishongan jamoa bilan o'ynadik. Futbolchilarimiz maydonda borlarini berishdi. Jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ularni golga aylantira olmadik. "Arsenal" bu uch ochkoga munosib edi. Gol o'tkazib yuborganimiz xafa qildi, lekin butun o'yinni baholaydigan bo'lsak, natija bo'yicha hech qanday davo qila olmaymiz.
Biz bu uchrashuvga derbidek yondashdik va o'yinni o'z foydamizga og'dirishga harakat qildik, ammo sifat etishmadi. O'tkazib yuborilgan golni qoyilmaqom deb atash qiyin, odatda bunday vaziyatlarda mahorat bilan himoyalanamiz. Biz erkin harakat qilishda qiynaldik. Hozir eng yaxshi formada emasmiz va "Arsenal" g'alaba qozonishga loyiq edi. Buni qabul qilishimiz va o'yinimizni yaxshilash uchun motivaciya sifatida foydalanishimiz kerak", – dedi Potter.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar