Portugaliyalik legioner "Paxtakor"da tibbiy ko'rikdan o'tolmagani malum bo'ldi
28 fev 13:37
Yangiliklar
Portugaliyalik legioner "Paxtakor"da tibbiy ko'rikdan o'tolmagani malum bo'ldi
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev "sherlar" tarkibiga Portugaliya va Paragvaydan futbolchilar kelib qo'shilishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.
Murabbiyning qayd etishicha, "Paxtakor" paragvaylik bir hujumchi va portugaliyalik hujumchi Joau Koshta (suratda) kabi futbolchilar bilan muzokara olib borgan. Tojiev ular bilan muzokaralar ijobiy yakun topmagani haqida quyidagilarni malum qildi:
"Portugaliyalik tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. Unda jarohat bor ekan. Paragvaylik futbolchi esa O'zbekistonga kelishga ko'nmadi", – dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" Superliga ilk turida "Qizilqum"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Toshkentliklar 2-turda "Qo'qon-1912" maydoniga safar uyushtiradi.
Kamoliddin Tojiev ishtirokidagi matbuot anjumani bilan to'liq holda ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar