So’nggi yangiliklar

18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0 18:28Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари ФИФА кунларида қайси жамоаларга қарши ўйнайди?  1 18:00ФИФА Нигериянинг эътирозини рад этди. Конго ДР Ўзбекистон билан бир гуруҳдан ўрин олиш учун курашади  0 17:47"Манчестер Юнайтед" ҳакамлик устидан шикоят киритмоқчи  1 17:27Альваро Арбелоа: "Тарихдаги энг яхши дарвозабон жароҳат олди. Лекин бизда яна бир фантастик кипер бор"  4 16:59Меҳмон стадионда мезбон: "Сўғдиёна" - "Пахтакор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:51АПЛ. "Брайтон" - "Ливерпуль" учрашуви асосий таркиблари маълум қилинди  2 16:29Габон термасининг Тошкент йиғини учун таркиби маълум қилинди  3 15:59Сўнгги дақиқадаги супергол, "Насаф"га қарши қуруқ ўйин ва бошқалар - Суперлигада 4-тур лауреатлари  3 15:40Тринидад ва Тобаго термасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум қилинди  5 15:09Ўзбекистон терма жамоасининг март ойидаги йиғин учун таркиби эълон қилинди. Унда янги номлар ҳам бор  31 14:58Жейми Каррагер: "Артета Моуриньюга ўхшаб бормоқда"  7 14:28Ираола: "Биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 13:57Ўзбекистон U-16 терма жамоаси йиғини учун чақирилган футболчилар маълум  5 13:26Аёллар футболи: Терма жамоа Жаҳон чемпионатига тайёр ҳам, лойиқ ҳам эмас  9

So'nggi daqiqadagi supergol, "Nasaf"ga qarshi quruq o'yin va boshqalar - Superligada 4-tur laureatlari Yangiliklar

So'nggi daqiqadagi supergol, "Nasaf"ga qarshi quruq o'yin va boshqalar - Superligada 4-tur laureatlari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 4-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi darvozaboni – Davron Merganov ("Surxon")

Ushbu turda "Surxon" darvozasini qo'riqlab, "Nasaf"ga qarshi o'yinda g'alabaning asosiy sababchilaridan biri bo'lgan, Davron Merganov turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Posbon ushbu turda 4ta seyv amalga oshirdi.

Championat.asia sayti talqinida 4-turning eng yaxshi murabbiyi – Andrey Shipilov ("Qo'qon-1912")

Ushbu turga kelib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritgan qo'qonliklarda murabbiy imzosi ko'rinib turibdi. Andrey Shipilov jamoasi ushbu turni zo'r o'tkazdi va aynan murabbiy qilgan o'zgarishlar sababli ikkinchi gol urilib, g'alaba qo'lga kiritildi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi futbolchisi – Flamarion ("Paxtakor")

"Paxtakor" futbolchisi "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda jamoaning muhim figurasiga aylandi va hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi. Shuningdek, u assist amalga oshirdi va penalti ishlab berdi. Bu esa g'alabaning asosi bo'ldi.

Championat.asia sayti talqinida 4-turning eng chiroyli goli muallifi – Muhammadanas Hasanov ("Qo'qon-1912")

Ushbu turda supergollar juda ko'p bo'ldi va biz tanlovda qiynaldik. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, Muhammadanas Hasanovning so'nggi daqiqadagi "Navbahor" darvozasiga urgan shedevr goli eng ko'p ovoz to'pladi. Shuningdek, "so'nggi daqiqa" va "g'alaba goli" so'zlarining o'zi ushbu golning vaznini oshirib yubordi.

Championat.asia talqiniga ko'ra, Superliganing 4-tur ramziy termasi shunday ko'rinish oldi:

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 mar 16:23:41
Islombek Mosayev
Ibrohimhalilni Gòli eng chiroylisi Neftchi muxlislari uchun Qòqon 1912 xam Deyarli òzimizni jamoa mayli ikkisiham chiroyli edi
   
21 mar 16:23:35
leva8989
Muhammad Umurzakov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ibrohimhalilni golini kormadilarin shekili
Eng qizig'i ramziy termada har o'yinda gol urayotgan to'purar Peritsa yo'q....
   
21 mar 16:03:50
Muhammad Umurzakov
Ibrohimhalilni golini kormadilarin shekili
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика