Portugaliya prezidenti: "Bugun bizning kun emas ekan"
10 dek 2022 23:44
Yangiliklar
Portugaliya prezidenti: "Bugun bizning kun emas ekan"
"Yomon kun. Marokash ikki-uch vaziyatidan bittasini golga aylantirdi. Bizda vaziyatlar ko'proq bo'ldi, ammo hech biridan unumli foydalana olmadik. Foydaliroq jamoa g'alaba qozonishini tan olish kerak. CHorak finalgacha etib borgan jamoadan minnatdorman.
Fernandu Santu, butun jamoa, yoshlar va Krishtianu Ronalduni bag'rimga bosaman. Bazida omadingiz kelmaydigan kunlar ham bo'ladi.
Tanqid bo'ladi, bu tushunarli. Hech kim mag'lub bo'lishni istamaydi. Taktika yoki tarkib yomon deyishadi. Marokash yaxshi jamoa ekanligini ko'rsatdi.
Portugaliya ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildi, vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo bu yordam bermadi, to'p darvozaga kirishni xohlamadi. Afsuski, g'olibni tabriklashga majburmiz.
Yarim finalga yaqin edik. Biroq Ispaniya, Germaniya va Braziliyalarda ham shunday bo'ldi. Ular bu bosqichga o'ta olishmadi" - deydi Portugaliya prezidenti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar