So’nggi yangiliklar

10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  2 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  5 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  4 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  10 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  25 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  11 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  45 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  81 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  134 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1048

Pol Pogba: “Tarixdan o'rin olishni istayman” Yangiliklar

Pol Pogba: “Tarixdan o'rin olishni istayman”

Pol Pogba anchadan buyon “Yuventus” va Franciya terma jamoasi yulduzi sifatida etirof etilmoqda.


Lekin yarim himoyachining o'zi eng yuqori darajasiga etishiga hali borligini aytadi. “La Repubblica” nashri muxbiri bilan suhbatda Pogba faoliyati va rejalari haqida to'xtalib o'tdi.


- Xo'sh, Pogba afsona bo'lishni xohlaydimi?

- Ha, Pele yoki Maradona singari. Hatto, yanada yaxshiroq.

- Bu o'ziga ishonish emasmi?

- Bunday demagan bo'lardim. Ular eng kuchli va xuddi ularday bo'lishni istayman. Menda muammo bor: yutqazishni yoqtirmayman. Hech kim amalga oshirmagan, erishmagan narsalarni qilishni xohlayman. SHuning uchun eng yaxshi bo'lish maqsadida chin yurakdan ishlayman. G'alabalar menga baxt keltiradi.

- Franciyada oxigi ikki yilda Pogba o'smayotganini gapirishmoqda. Buyuklikka yo'l to'xtab qoldimi?

- Mayli, gapiraverishsin. Dalillar boshqacha gapirmoqda. 2014 yil FIFA ramziy termasidan o'rin olmagandim, 2015 yil unga kiritildim. 2016 yilda ham undan o'rin olaman.

- Francuz muxlislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovga ko'ra, sevimli 3 futbolchi qatoriga kirmaysiz.

- Meni yoqtirishlari uchun ishlamayman, balki yaxshiroq bo'lishga urinaman. Men o'zimni katta tutarman, lekin hasadgo'y emasman. Agar Lorisni ishqibozlar yoqtirsa, uning uchun xursandman.

- So'nggi ikki yilda bundan yaxshiroq bo'la olmasmidingiz?

- Hamisha ko'proq va yaxshiroq narsa qilish mumkin. Maykl Jordan xatolarga yo'l qo'ymaganmi? Doim oldinga qarab intilish muhim.

- Ikki oy oldin Pogba qanday holatda edi?

- O'z darajamda emasdim, tan olaman. Butun jamoa shunday holatda bo'lmagandi. Hozir hammasi yaxshi, men yaxshiroq o'ynashni boshladim va “Yuve”ga muvaffaqiyatga erishishiga yordam berdim.

- Sizga 10-raqam bosim berayotgani haqida gapirishdi. Bu to'g'rimi?

- Bu raqam xolos. “Yuventus”da bu muhim, o'zgacha, ammo baribir raqam ekanini unutmaslik kerak.

- Bir safar “+5” deb yozib olgandingiz.

- CHunki tongda uyg'onib, futbolkamga marker bilan “+5”ni yozishni xohlashimni tushundim. Bunda biror mano bo'lmagandi.

- “Yuventus” tajribali va yosh futbolchilarga bo'linganda siz qay biriga qo'shilgansiz?

- Yoshlarga. Futbolda yosh yoki faxriy futbolchi yo'q. Tajribali va tajribasiz o'yinchilar mavjud. Men yosh, lekin tajribaliman. Har qanday holatda o'zimdagi borimni berishga urinaman. Birinchi o'rinda jamoa turadi: barchasini uning uchun qilaman.

- Lekin siz birinchi raqamli bo'lishni istayman degansiz. Bu jamoaviy sport turida o'zini o'ylash emasmi?

- Messi gol urganda ham bu o'zini o'ylashga kiradimi? Yo'q, qanchalik kuchli bo'lsang, jamoaga shunchalik ko'p yordam berasan.

- Biror daqiqani o'tkazib yuborishni istamaydigan Ronaldu ham egoist emasmi?

- U oldiga katta maqsadlar qo'ygan, ishtiyoqli va rekordlar qo'yib, “Oltin to'p” yutishni istaydi. Bu o'zini o'ylashga kirmaydi.

- Nimalarni yaxshilashingiz lozim?

- Bazida yaxshi, bazan yomon o'ynayman. SHunda asabiylashishni boshlayman. Xato qilishni yoqtirmayman. Ko'chada o'ynaganimda ko'proq adashardim va hozir qilgan narsalarni qilardim. O'sib borish kamroq xatolarga yo'l qo'yishdir. Bu tajriba deyiladi.

- 23 yoshda shuncha chempionlikka erishdingiz.

- To'rt chempionlik. Atigi. Ha, bu ishtiyoqimni qondirishga etarli emas. Doim odamlar gapirgandek telba bo'lganman, ammo men tarixdan o'rin olishni istayman. Barcha davrlarning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lishni xohlayman.

- Kimdan kuchliroq?

- Lemparddan. U barcha narsani yuqori saviyada bajargan yarim himoyachi. Zarbalar, dribling, gollar, himoya. Xuddi uningdek, faqat yaxshiroq bo'lishni istayman.

- Yaxshi pul ishlab topyapsizmi?

- Etarli emas. Bu ziqnalik emas. Ancha vaqtli yaxshi saviyada edim. Pullar keladi va ketadi. Ular muhim emas deb aytsam, aldagan bo'laman. Men uchun bu og'ir mehnat samarasidir. Kuchliroq bo'lsang, ko'proq pul ishlab topasan. Masalan, Ronaldu ishlab topayotgan puliga arziydi. U bu pullarni o'g'irlamagan.

- Qaysi xaridingizni eng aqlsiz deya olasiz?

- Ikki juft “Labuten” oyoq kiyimlarini. Ular shunchalik qimmatki, bir hafta shuni o'ylab yurgandim. Bazida pullarimni boshqalarga yordam berish uchun sarflayman, ammo bu haqida gapirishni xohlamayman.

- Sochlar, gollarni nishonlash, ijtimoiy tarmoqlarda faollik. Siz uchun bu juda muhimmi?

- Odamlar bunga qaraydi, lekin men men eksponat ham emasman. Bularni o'zim uchun qilaman. Bolaligimdan noodatiy soch turmagiga ega edim. Futbol muxlislarsiz bo'lganda ham xuddi shunday bo'lardim. Lekin biz 2016 yildamiz va olam boshqacharoq. Maydondan tashqarida qanday ekanimni barcha ko'rishi lozim. Kulaman, baxtli bo'lishga intilib, “Carrefour”ga sut sotib olish uchun kiraman. Qancha o'quvchilarim borligini tekshirmayman. Boshqalarga o'xshashni yoqtirmayman.

- Siz do'stlaringiz bilan aloqalarni saqlab qolgansiz, faqat birinchi agentingiz bilan xayrlashgansiz.

- Bu tugagan mavzu. O'tmishni yoqtirmayman. Kelajakni yaxshi ko'raman. Kelajakda Italiya Kubogini qo'lga kiritib, keyin Franciya bilan Evro-2016da g'olib chiqishim kerak.

- “Yuventus”da qolasizmi?

- SHartnomam bor. Ajoyib tonglarning birida uyg'onib, Angliyaga keta olmayman. Bu bilan shug'ullanadigan odamlardan so'rang. Futbol men uchun o'yin. Gol urish, g'alaba qozonish, chiroyli o'ynashni xohlayman.

- Yuventus” CHempionlar ligasini yutishi mumkinmi?

- 4 yil oldin “Bavariya” duch kelganda tamom bo'ldik deb aytgandik. Bu safar ularni yutishimizga ishongandik. Italiyada o'ynash qiyin. Bu erda taktika kuchli va bo'sh hudud yo'q. Evropada esa himoyachilarni ham o'ynashga majbur etishadi.

- 50 yildan keyin bolalar Pogbaga o'xshashni xohlashi haqida gapirishlarini istaysizmi?

- Yo'q. Yaxshisi, “Pogbadan kuchliroq bo'lishni xohlayman” deb aytishsin.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика