So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Pol Pogba: Mag'lub bo'lishni yoqtirmayman Yangiliklar

Pol Pogba: Mag'lub bo'lishni yoqtirmayman

Yaqinda Manchester Yunaytedga qaytgan Pol Pogba Sky Sportsga intervyu berdi. Etiborli tomoni, u bilan Arsenal va Franciya terma jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri gaplashdi.

Suhbat chog'ida Pogba Manchester Yunaytedga qaytishi, ser Aleks Fergyuson va Joze Mourinolar haqida gapirib o'tdi.

- Kel, boshidan boshlaymiz. Sen MYUdan yosh futbolchi sifatida ketganding. Endi esa futbol tarixidagi eng qimmat o'yinchi sifatida qaytding. Nima uchun Yunaytedga qaytishga qaror qilding?


- To'g'risini aytsam, hamisha MYUni yaxshi ko'rganman. Ketishimning sababi, o'ynashni istaganman. Butun jahonga va Yunaytedga buning uchun tayyorligimni isbotlamoqchi bo'lganman. Italiyaga yo'l oldim va u erda to'rt yil o'ynadim. Qaytishimdan shu narsani anglash mumkinki, garchi MYUdan ketgan bo'lsamda, bu jamoa hamisha qalbimda bo'lgan. Manchesterda yakunlanmagan ishlarim bor, ularni oxiriga etkazib qo'yishim shart edi. Endi jamoaga yordam berish uchun, g'alaba qozonish uchun qaytdim. Klubimizning yana yuqori cho'qqilarga qaytishini istayman.

- Evropa chempionatida asosiy etibori mudofaa chizig'iga qaratilgan yarim himoyachi rolini bajarding va o'z ishingni ajoyib tarz­da uddalading. Umuman olganda, senga qaysi poziciyada o'ynash maqulroq?


- CHap qanot yarim himoyasida. Agar uch kishi bo'lsak, o'ngda ham o'ynashim, himoyaga yordam berishim mumkin. Biroq chap qanotda o'zimni engil his qilaman.

- Seni kim ruhlantirgan? Ishonchim komil, birinchi o'rinda oilangni aytasan. Ammo men sportchilarni nazarda tutyapman. Masalan, meni Marko van Basten ruhlantirgan...


- Bunday futbolchilar ko'p. Masalan, Ronaldino, braziliyalik Ronaldo, Kaka, Zidan, Inesta, Yaya Ture, Vieyra. Ularning eng yaxshi jihatlarini o'zlashtirib, uni Pogbada mujassamlashtirishni istayman.

- MYU uchun mavsum muvaffaqiyatli o'tdi, deyish uchun nima sodir bo'lishi kerak?


- Eng avvalo, chempionlik. SHuning­dek, kuboklar va Evropa Ligasida zafar quchish ham. Angliya premer-ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritsak, birinchi navbatda, CHempionlar Ligasiga qaytish imkoniga ega bo'lamiz.

- Men haqiqiy Pogba qandayligini bilmoqchiman.


- Haqiqiy Pogba siz ko'rib turgan Pogbadir. Maydonda unday, tashqarisida bunday bo'lolmayman. CHunki aktyor emasman. Maydonda jamoadoshlarim bilan hazillashishni yaxshi ko'raman. Uning tashqarisida ham shundayman. Futbol o'ynayapman, asosiysi, yaxshi ko'rgan ishim bilan shug'ullanyapman. SHunchaki, hayotni sevaman. Futbolchi bo'lganimiz - baxtimiz. CHunki biz barchaning etiborini o'zimizga qaratamiz. Ayniqsa, minglab insonlar nomingni aytib olqishlashsa, undan yaxshisi yo'q. SHuningdek, sizni ham kuzatib yurardim. Hozir ham. Ishonmasligingiz mumkin, lekin uyimda sizning suratingiz aks etgan poster bor. Hozir yonimda turib mendan intervyu olayotganingizga ishonish qiyin.

- Evro finalidagi mag'lubiyatdan so'ng hissiyotlar qanday bo'ldi?


- Eng avvalo, mag'lub bo'lishni yomon ko'raman. Ayniqsa, Franciyada turib, chempionatni yomon boshlagan Portugaliyaga imkoniyatni boy berish... Lekin bu - futbol. Barchamiz mag'lubiyatga ishona olmadik. Menimcha, eng katta xatoimiz - g'alabaga qattiq ishongandik.

- Oltin to'pni yutish rejangda bormi?


- Albatta. Hamisha bu haqda orzu qilganman.

- MYUdan buyuk futbolchi bo'lib qaytish uchun ketganingni ayt­ding. Yuventus haqida qanday fikrdasan?


- Balki kimlargadir bu yoqmas. Lekin Yuvega o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular menga ishonishdi va shu darajaga chiqishimga yordam berdilar. Taktika borasida ko'p narsalarni o'rgandim. Aynan Yuventus orqali Franciya terma jamoasiga chaqirildim. Keksa sinora hamisha qalbimda qoladi.

- Hozir MYUda yangi murabbiy faoliyat yuritmoqda. Joze Mourino bilan ishlar qanday ketyapti?


- Ajoyib.

- Sening qaroringda Mourino­ning o'rni bo'ldimi?

 


Intervyuning to'lig'ini "InterFutbol" gazetasi saytida o'qish mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика