So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  21 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  2 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  587 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  4 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

Pogba: "Messi piyoda yursa uni tanqid qilmaysizlarku" Yangiliklar

Pogba: "Messi piyoda yursa uni tanqid qilmaysizlarku"

"Manchester Yunayted" va Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba tanqidga qanday munosabatda ekanligini aytdi.

"Men boshqalar fikri uchun yashamayman. Har bir insonning o'z fikri bor va uni hurmat qilaman.

Futbol o'ynayman, o'zimga yoqqan ishni bajaraman. Yaqinlarim meni qo'llab-quvvatlashadi. Ular men uchun muhimroq. Biz hammani yaxshi ko'rishimiz yoki barchaga yoqishimizning iloji yo'q.

Kimdir menga "Seni yoqtirmayman" desa, bundan g'azablanmayman. Insonning bunga haqqi bor. Siz meni yaxshi ko'rishga majbur emassiz.

O'yin uslubim haqida gapiradigan bo'lsam, doimo shunday harakat qilganman. Erishgan yutuqlarim aynan shu uslub tufayli bo'lgan. Messi piyoda yursa, uni tanqid qilmaysiz-ku.

Siz menga qanday o'ynashni o'rgata olmaysiz. Hech kim. Futbol shunday.

4-3-3 o'yin sxemasi? Agar bu foyda bermasa, butun masuliyat mening bo'ynimda bo'ladi. Tasavvur qiling, men yaxshi o'ynayapman, ammo jamoa mag'lubiyatga uchrayapti. Kimni tanqid qilishadi? Meni! Agar to'p bizda bo'lmasa, qanday o'ynash mumkin? Jamoa to'p bilan bo'lganda o'yinga tasir o'tkazishim mumkin.

Bu adolatsizlik va normal holat emas. Meni hamma kabi muhokama qilishmaydi. Buni chaqiruvdek qabul qilaman.

JCH-2018? Franciya g'alaba qozonadi deya olmayman. Biz bunga qodirmiz, ammo boshqa jamoalar ham shunday. 15 iyulda hammani uchrashuvga chaqiraman" - deydi Pogba.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика