Pires: "Usman Dembele Franciyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. Ammo, futbolchi o'z tanasiga etibor berishi kerak"
25 noy 2021 23:49
Yangiliklar
Pires: "Usman Dembele Franciyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. Ammo, futbolchi o'z tanasiga etibor berishi kerak"
"Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Rober Pires "Barsa"ning jarohatlarni "sevuvchi" futbolchisi Usmon Dembele haqida fikr bildirdi.
"Men Dembeleni Franciyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri deb hisoblayman. Ammo, u jarohatlari tarixiga qarab, o'z tanasiga alohida etibor berishi kerak. Futbolchining hayoti shunday. SHu o'rinda, omadli bo'lish ham muhimligini aytib o'tish joiz. Lekin, baribir u o'z tanasiga etibor qaratishi shart. Muxlislar yaqinda u maydonga qaytganda Usmonni qarsaklar bilan kutib olishdi. Bu futbolchiga kuch beradi. "Formula-1"da ham, futbolda ham sportchi o'z tanasiga g'amxo'rlik qilishi kerak. Usman qanday ovqatlanishni, suyuqliklar istemol qilish va dam olishni yaxshi biladi. U duch kelgan muammolaridan to'g'ri hulosa chiqarishi kerak. SHundagina, u boshqa bunday qiyin jarohatlarga uchramaydi", -deydi Rober Pires.
Fikrlar