Pioli "Milan" bosh murabbiyi lavozimini tark etishi aniq bo'ldi
24 may 13:38
Yangiliklar
Pioli "Milan" bosh murabbiyi lavozimini tark etishi aniq bo'ldi
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli o'z lavozimidan ketadi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Italiyalik mutaxassis joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadi. 58 yoshli Piolining "Milan" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amalda edi.
"'Milan' Stefano Pioli va uning butun jamoasiga so'nggi besh yil davomida jamoani boshqargani, unutilmas liga chempionligini qo'lga kiritgani va "Milan"ni Evropaning eng yaxshi musobaqalarida barqaror ishtirokini tiklagani uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi", – deyiladi klub bayonotida.
Pioli "Milan" boshqaruviga 2019 yilning oktyabrida kelgan edi. "Milan" 2021/22 yilgi mavsum A Seriyada g'olib chiqdi.
Fikrlar