So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Pim Verbek: "Biz O'zbekiston bilan 2-o'rin uchun kurashamiz" Yangiliklar

Pim Verbek: "Biz O'zbekiston bilan 2-o'rin uchun kurashamiz"

Osiyoda ko'p yillardan beri ishlab kelayotgan gollandiyalik murabbiy Pim Verbek hozirda Ummon terma jamoasini boshqarmoqda.

62 yoshli mutaxassisni o'zbekistonlik muxlislar bilishadi. Esingizda bo'lsa, JCH-2010 saralash bosqichida Toshkentda Avstraliya bilan o'ynaganimizda aynan Pim Verbek raqib jamoa bosh murabbiyi edi. Bundan tashqari, bu murabbiy Janubiy Koreya bilan ham o'lkamizga kelgan.

4 may kuni Dubayda o'tkazilgan Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga qura tashlash marosimida Pim Verbek ishtirok etib, Ummon terma jamoasining qaysi guruhga tushishini diqqat bilan kuzatib bordi.

Yaxshi bilasiz, yakunda Yaponiya, O'zbekiston, Ummon va Turkmaniston bir guruhdan joy olishdi. SHu bois qura marosimi yakuniga etgach,  gollandiyalik mutaxassisni suhbatga tortdik.

- Janob Verbek, avvalo qura natijalari borasida qanday fikrdasiz?
- Biz uchinchi savatchadan joy olgandik va guruhimizga birinchi-ikkinchi savatchalardan ikkita kuchli jamoa tushishini bilardik. Bu jamoalar O'zbekiston va Yaponiya bo'ldi. Ikkala jamoa ham kuchli va katta tajribaga ega. Xususan O'zbekiston terma jamoasi 1996 yildan beri muntazam Osiyo Kubogida o'ynab kelayotganini bilaman. Yaponiya esa qita birinchiligida g'olib chiqqan jamoa hisoblanadi.

Turkmaniston haqida aytarli tasavvurga ega emasman. SHu bois bu jamoadan nima kutishni bilmayman. Umuman olganda, guruhimiz qiziq ko'rinish oldi. Meni xursand qilgani jihati, guruhimizdagi hamma futbol o'ynashni yaxshi ko'radi. Masalan, Yaponiya Ummonga o'xshab doim kombinacion futbol ko'rsatadi. O'zbekiston va Turkmaniston ham maydonga chiqqanidan keyin futbol o'ynaydi. SHu tomonlama juda xursandman.

- Bundan besh-olti yil oldin Ummon terma jamoasi ancha kuchli baholanardi. Lekin so'nggi paytlarda bunday deyilmayapti. Bu haqda nima deya olasiz?
- To'g'ri, hozirgi tarkibda nomdor yulduzlar yo'q, lekin bu jamoa kuchsizligini anglatmaydi. Asosiy darvozabonimiz Ali Al Habsi Osiyoda hamon katta obro'ga ega. O'yin tomonlama esa kuchsizmiz deya olmayman. Negaki o'tgan yil “Ko'rfaz Kubogi”da zafar quchdik. Bilasiz, bu musobaqada g'olib bo'lish oson emas. Biz finalda BAA bilan o'ynab penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g'alaba qozondik.

Demak, bu ham nimagadir erishganimizni ko'rsatib turibdi. Qolaversa, jamoamizda mashhur nomlarning yo'qligi Ummon foydasiga ishlaydi, chunki hamma bir jamoa bo'lib o'ynaydi va raqib bizni mensimasligi mumkin. “Ko'rfaz Kubogi” biz uchun har tomonlama foydali bo'ldi deya olaman.

- Geografik jihatdan Ummon BAAga juda yaqin mamlakat. Bundan kelib chiqib Ummondan ko'plab muxlislar kelishini taxmin qilsa bo'ladimi?
- O'tgan yil “Ko'rfaz Kubogi” Quvaytda tashkil qilindi va Ummondan tashrif buyurgan muxlislar bizni stadionda qo'llab turishdi. O'ylaymanki, Osiyo Kubogida ham ishqibozlar yolg'iz qoldirishmaydi. Guruh o'yinlarini SHarja va Abu Dabida o'tkazamiz. U erda ham ummonliklar ko'p. Ummonda futbolni juda yaxshi ko'rishadi.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
- Milliy terma jamoangiz qanday o'ynayotganini doim kuzatib boraman. SHuningdek, qishda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston g'olib chiqqanidan xabarim bor. O'zbekistonda yosh iqtidorli futbolchilar ko'p va bemalol Osiyo Kubogiga kuchli tarkibni yig'sa bo'ladi. Hali oldinda olti oy bor va bu muddat barcha uchun etarli.

- Guruhdagi eng jiddiy raqib sifatida kimni ko'ryapsiz?
- Birinchi navbatda Yaponiyani. Menimcha, Yaponiya guruhdan 1-o'rin bilan chiqadi. 2-o'rinni olish uchun O'zbekistonga qarshi bahs ko'p narsani hal qiladi. Osiyo Kubogida ishtirokchilar soni ortdi. Endilikda 3-o'rinni olgan eng yaxshi ko'rsatkichga ega to'rtta jamoa ham keyingi bosqichga chiqadi. SHunday ekan, bizda ham imkoniyat juda yaxshi.

- Sizningcha, Osiyo Kubogini yutish uchun qanday o'ynash kerak?
- Kuchli o'yinga ega bo'lishdan tashqari omadli ham bo'lishingiz kerak. Bunday musobaqalarda zafar quchish uchun omad kulib boqmasa shuncha harakat zoe ketishi mumkin.

- Bu musobaqada Ummon terma jamoasi oldiga qanday vazifa qo'yiladi?
- Avvalo guruhdan chiqish. Undan keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Albatta, biz uchun Osiyo Kubogini qo'lga kiritish qiyin, lekin “Ko'rfaz Kubogi”dagi g'alabadan so'ng futbolchilarga kamida yarim finalgacha borishni singdira olamiz.

- Sizningcha, musobaqaning asosiy favoriti kim?
- Bu biroz murakkab savol. CHunki Osiyoda terma jamoalar kuchayyapti, jamoalar orasidagi saviya bir-biriga yaqinlashmoqda. Hozir qitada eng kuchli falonchi deb aniq bir jamoani ko'rsata olmaysiz. Lekin o'z taxminimni aytadigan bo'lsam, bu safar g'oliblik yana Avstraliyaga nasib etsa kerak. Negaki ular juda kuchli va o'z paytida Avstraliyada ishlagan murabbiy sifatida ayta olamanki, bu jamoa bemalol Osiyo Kubogini qo'lga kirita oladi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.  

Reyting: -67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика