So’nggi yangiliklar

01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  0 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  1 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  1 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  7 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  4 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  2 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1

O'zbekiston chorak finalda. Jahon chempionatiga bir qadam qoldi Yangiliklar

O'zbekiston chorak finalda. Jahon chempionatiga bir qadam qoldi

Avstraliyada bo'lib o'tayotgan ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlab, chorak final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

"B" guruhidan joy olgan O'zbekiston KXDR, Xitoy va Bangladesh terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Vakillarimiz o'tkazilgan 3 o'yinda 1 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etib, umumiy hisobda 3 ochko jamg'ardi. Guruhda Xitoy 9 ochko bilan 1-o'rinni egalladi, KXDR 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bangladesh esa barcha o'yinlarda mag'lub bo'lib, guruhni tark etdi.

Turnir reglamentiga ko'ra, guruhlarda uchinchi o'rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lganlar pley-off bosqichiga yo'l oladi. Uchinchi o'rinni egallagan jamoalar reytingida O'zbekiston terma jamoasi 3 ochko bilan Vetnamdan keyin 2-o'rinni band etdi. Filippin terma jamoasi ham 3 ochko to'plagan bo'lsa-da, to'plar farqi evaziga vakillarimiz ularni ortda qoldirib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

Pley-off to'riga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi boshqa guruhlardagi natijalar yakuniga ko'ra aniqlanadi. O'zbekiston qizlari quyidagi ikki scenariydan biri asosida o'ynaydi:

14 mart kuni Sidney shahrida "A" guruhida g'olib bo'lgan Koreya Respublikasi terma jamoasiga qarshi.

Yoki 15 mart kuni Sidney shahrida "C" guruhi g'olibiga qarshi.

Chorak final bahslari katta ahamiyatga ega, chunki Osiyo Kubogining eng yaxshi 6 jamoasi 2027 yilgi Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agar O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda g'alaba qozonsa, mundial yo'llanmasini naqd qiladi. Mabodo mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham, vakillarimizda imkoniyat saqlanib qoladi: chorak finalda yutqazgan jamoalar 19 mart kuni Gold-Kost shahrida bo'lib o'tadigan o'tish o'yinlarida ishtirok etadi va qolgan yo'llanmalar uchun kurashni davom ettiradi. O'tish o'yinlarida chorak finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar o'zaro bellashadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

+2   
09 mar 18:51:53
Тож
Nod34 34 foydalanuvchining fikriga javob berish
Юткизган сари имкониятимиз ошиб кетвотти, худди ЖЧ мавжлари бизнинг аёллар кемасини ушбу чемпионат киргокларига олиб бориб куйиш учун хизмат килгандай....
Зўр ўхшатиш. Қирғоқниям бизга рахми келсин.
+2   
09 mar 18:42:05
Nod34 34
Юткизган сари имкониятимиз ошиб кетвотти, худди ЖЧ мавжлари бизнинг аёллар кемасини ушбу чемпионат киргокларига олиб бориб куйиш учун хизмат килгандай....
+1   
09 mar 17:02:39
Khalil Khidirov
Хали имконияти бор
   
09 mar 21:55:43
Адхамжон Низамов
ЖЧ га чикиб,шу уйини билан шарманда килмаса булди.У ерда Хитой,КХДР дан 50 баробар кучли термалар уйнайди.Майли,омад тилаймиз ва куллашда давом этамиз.
   
09 mar 21:23:37
leva 8989
Yutqazzayam keyingi bosqichda...yana yutqazsayam imkon bor...ayollarga mazzami
   
09 mar 18:05:32
Азимжон 2524
Yana boshlandi matematika
   
09 mar 17:46:10
Burhonbek Abdumo'minov
Umuman keraksiz turnir
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика