Pike futbolchilik faoliyatidagi oxirgi o'yinini qizil kartochka bilan yakunladi. Qizig'i, u maydonga tushmadi
09 noy 2022 08:15
Yangiliklar
Pike futbolchilik faoliyatidagi oxirgi o'yinini qizil kartochka bilan yakunladi. Qizig'i, u maydonga tushmadi
Ispaniya chempionati 14-turida “Barselona” safarda qiyinchilik bilan “Osasuna”dan ustun keldi – 2:1.
O'yinning 31-daqiqasida Robert Levandovski raqibga qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka oldi. Jamoalar tanaffus vaqtida tribuna ostidagi yo'lakka yo'l olganida o'yinda qaydnomadan joy olgan va zaxirada bo'lgan Jerar Pike bosh hakam Xesus Xil Mansanoga etiroz bildirgan. Pike referiga yuzlanib, unga: “Sen kimni chetlatganingni bilasanmi?”, degan.

SHundan so'ng, Mansano o'sha erning o'zida Pikega qizil kartochka ko'rsatgan. 35 yoshli ispaniyalik o'tgan o'yinda “Kamp Nou”da xayrlashuv uchrashuvida qatnashgandi. Professional faoliyatidagi oxirgi o'yinida maydonga tushish esa unga nasib etmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar