Pike faoliyatini tiklab, o'zi egalik qiladigan jamoada o'ynashi mumkin
04 jan 2023 14:11
Yangiliklar
Pike faoliyatini tiklab, o'zi egalik qiladigan jamoada o'ynashi mumkin
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jerar Pike futbolchilik faoliyatini davom ettirish arafasida.
Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 35 yoshli ispaniyalik o'ziga tegishli bo'lgan "Andorra" klubida o'ynashni istamoqda. Uni to'xtata oladigan yagona narsa – bu jamoa o'ynaydigan Ispaniya chempionati ikkinchi divizionining moliyaviy qoidalari bilan bog'liq muammolar.
Pike 2022 yil oxirida faoliyatini yakunladi. U sakkiz karra Ispaniya chempioni, shuningdek, jahon va Evropa chempioni hisoblanadi. U 2018 yilning dekabrida "Andorra"ning egasiga aylangan.
"Andorra" Ispaniya chempionati ikkinchi divizioni turnir jadvalida 21 uchrashuvdan keyin 29 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar