So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  16 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  25 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  14 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  11 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  249

PFLMANAGER.UZ haqida batafsil malumot Yangiliklar

PFLMANAGER.UZ haqida batafsil malumot

O'zbekiston Superligasi asosida yaratilgan virtual futbol sayti ishga tushdi.

Superliga ishqibozlari uchun yangi fentezi loyiha PFLMANAGER.UZ ham ishga tushadi. Ushbu loyiha borasida malumot beramiz.

100 byudjetni ishlatib O'zbekiston Superligasi klublaridan 15 nafar futbolchidan iborat jamoa tuzing. Har bir turdan oldin asosiy tarkib futbolchilarini va sardorni tanlang. Kerakmas o'yinchilarni sotib, o'rniga boshqa futbolchilarni oling. Jamoaingizdagi futbolchilar haqiqiy O'zbekiston Superligasida amalga oshirgan foydali harakatlari (gollar, golli paslar, quruq o'yinlar, seyvlar va boshqalar) uchun ochko keltiradi. Saytdagi O'YIN QOIDALARI bo'limi orqali barcha qoidalar bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Qanday o'ynayman?

Birinchi navbatda www.pflmanager.uz saytiga tashrif buyuring va ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatdan o'tishda sizda ikkita variant bor. Yoki Feysbuk orqali yoki telefon orqali. Istaganingizni tanlang. 


Endi siz Superliga murabbiyisiz. Mirjalol Qosimov, SHota Arveladze yoki Ro'ziqul Berdiev o'z futbolchilari bilan ovora bo'laversin. Siz esa ularning har biridan termangiz uchun futbolchi jalb qiling. Buyog'i xuddi transfer oynasiga o'xshaydi.

Yani, siz 15 nafar futbolchi xarid qilishingiz shart: 11 asosiy va 4 zaxira. Biz esa sizga 100 "so'm" beramiz. Aqlni shunday ishlatingki, bu pulga 15 futbolchi sotib olishning iloji bo'lsin. Unutmang, real hayotda yulduz futbolchilar qanchalik qimmat bo'lsa, bizning futbolda ham shunday. Ammo Superligada faqatgina yulduzlar hammasini bajarmaydi. Masalan, o'rtamiyona klubning arzon futbolchisi etakchigaga gol uryapti. Aytaylik, siz Bikmaevni sotib oldingiz, biroq CHeran omadliroq ketyapti. Kelasi turda ularni almashtirish uchun imkoniyatingiz bor. Biz har turda 1 ta bepul transferga imkon beramiz.

Siz sotib olgan 15 futbolchingizni endi real hayotda kuzating. Ularning urgan goli, golli pasi, o'ynagan daqiqasi-yu, foydali ishlari alohida-alohida ochko keltiradi. Bordi-yu, tanlagan futbolchingiz sizni uyaltirib, sariq yoki qizil kartochka olsa, penaltidan gol urolmasa, bu sizga aks tasir etadi. Bunisi endi real hayotdagidan ham qiziq. Endi siz nafaqat Superligadagi sevimli klubingizga, balki o'z qo'l ostingizdagi har bir futbolchining muvaffaqiyati uchun muxlislik qila boshlaysiz.


Yana nimani bilish kerak?

Dedlayn. Bu siz uchun so'nggi soniyadek gap. Superligada turning birinchi o'yini boshlanishidan 1 soat oldin, trasferingiz yopiladi. Mana shu vaqt dedlayndir. Siz o'sha birinchi uchrashuvga 1 soat qolguniga qadar istalgan vaqtda yangi tarkibni shay qilib qo'ying, olam guliston.

Sizga “Neftchi” yoqadimi yoki “Nasaf”? Yaxshi! Ammo unutmangki, o'z jamoangizga bitta klubdan 3 dan ortiq futbolchi ololmaysiz. Qulochni kengaytiring, “So'g'diyona”dan tortib, “Bunyodkor”gacha. Kuchsizroq klublarning etakchilarini ham sinab ko'ring. SHunday vaqtlar bo'ladiki, ular yulduzlardan-da ko'proq ochko keltiradi.

Umuman iloji yo'qmi, deysizmi? Siz uchun topamiz. Pullik xizmatni yoqib, bir klubdan 4 futbolchi olishingiz mumkin, undan ortiq emas. Yoki har turda cheksiz transferlarni ham sotib olishingiz mumkin. O'yin shunisi bilan qiziq. Sayt o'ng tomon yuqorisidagi BALANS tugmasini bosing va klik tizimi orqali tangalar xarid qiling. Xizmat 6 mart kuni ishga tushadi.


ENG KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR

1. Ushbu o'yinni telefon orqali o'ynasa bo'ladimi, ilovasi (prilojenie) bormi?

- Ha, bu fentezi o'yinini telefon orqali o'ynasa ham bo'ladi. Yaqin vaqt ichida PFLMANAGER.UZ ning mobil ilovasi ishga tushadi.


2. Sardorni qanday tanlaymiz?

- Jamoa tuzib, unga nom berib, tasdiqlaganingizdan so'ng sardor tanlashingiz mumkin. Jamoa tuzishdan avval yoki tuzish jarayonida buni bajarib bo'lmaydi. Eslatib o'tamiz, faqat jamoa tasdiqlangandan so'nggina sardorni tanlaysiz. Jamoa sardori to'plagan ochkolar ikkiga ko'paytiriladi (x2).


3. Jamoani tasdiqlash uchun SMS kelmasa nima qilish kerak?

- Sms har doim ham tez kelavermaydi. Biroz sabr qiling yoki telefoningizni o'chirib-yoqing.


4. Jamoani saqlay olmayapman.

- Mobil telefon orqali ro'yxatdan o'tishga urinayotgan ko'plab foydalanuvchilar jamoani saqlay olmayotgani haqida etiroz bildirishmoqda. Tarkib tanlab bo'lganingizdan so'ng, jamoangizning nomini kiriting va mobil klaviatura ustidagi tayyor (gotovo yoki ready) yozuvini ustiga bosing. SHunda TASDIQLASH tugmasi ishlaydi.


5. Tangalarni qanday qilib ko'paytirish mumkin?

- Tangalar ko'paytirish uchun tasdiqlangan akkauntingizga kirib, BALANS deb yozilgan joyga o'tasiz va Click tizimi orqali to'lovni amalga oshirishingiz mumkin. Xizmat 6 mart kuni ishga tushadi.


6. Har bir turdan so'ng nechta o'zgartirish amalga oshirishim mumkin?

- Jamoa tuzgach transfer bozorida ularni sotish va sotib olish mumkin. Jamoa tuzilgan dastlabki tur dedlayniga qadar transferlar soni cheklanmagan. Keyingi turlarda bepul transferlar soni bittani tashkil qiladi. Ishlatilmagan transfer keyingi turga o'tmaydi va kuyib ketadi.

Bepul transferga qo'shimcha ravishda tangalar orqali qo'shimcha transferlarga ega bo'lish mumkin. Siz transferlarni tasdiqlagach ularni bekor qila olmaysiz.


7. PFLMANAGER.UZ da sovrinli ligalar bo'ladimi?

- Albatta. Yaqin vaqt ichida sovrinli ligalar haqida xabar beramiz. Yangiliklarni kuzatib boring.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика