"Bavariya" Diasni "Liverpul"dan katta mablag' evaziga sotib olishga yaqin turibdi
27 iyu 11:20
Yangiliklar
"Bavariya" Diasni "Liverpul"dan katta mablag' evaziga sotib olishga yaqin turibdi
"Liverpul" vingeri Luis Dias "Bavariya"ga o'tish arafasida turibdi.
Ingliz grandi 28 yoshli futbolchi uchun myunxenliklarning bir nechta takliflarini rad etdi, ammo u baribir Germaniyaga ko'chib o'tadigan ko'rinadi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malum qilishicha, tomonlar kelishuvga yaqin. "Bavariya" kolumbiyalik yulduzni 75 mln evroga transfer qiladi. Futbolchining o'zi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bo'yicha allaqachon kelishuvga erishilgan.
Avvalroq Luis Diasni qo'lga kiritishga "Barselona" va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirayotgan edi. Vingerning "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilda o'z nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar