So’nggi yangiliklar

17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  0 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  1 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  2 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  3 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  9 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  10 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2

PFL: “Navbahor”ning 6 nafar futbolchisi test natijalari musbat chiqdi Yangiliklar

PFL: “Navbahor”ning 6 nafar futbolchisi test natijalari musbat chiqdi

Teglar :  Navbahorkoronavirus
Ertaga Coca Cola Superligada 12-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Tur doirasida AGMK va “Navbahor” jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

COVID-19 tarqalishiga yo'l qo'ymaslik va karantin davridan chiqish vaqtida “Futbol bo'yicha mamlakat chempionati va kubogi uchrashuvlarini va mashg'ulotlar jarayonini qaytadan boshlash” bo'yicha ishlab chiqilgan Reglamentning 3.2.1 bandiga asosan, toza hudud sanaluvchi stadionga faqatgina kasallikning har qanday simptomi bo'lmagan shaxslargina qo'yiladi. Ushbu shaxslarning o'yin boshlanishiga 48 soatdan kam qolmagan vaqt oralig'ida COVID-19ga PZR usuli bilan topshirgan testlari natijalari manfiy bo'lishi lozim.

“Navbahor” jamoasining AGMK bilan bahs oldidan topshirgan testi xulosalariga ko'ra, klubning 6 nafar futbolchisi, shuningdek 5 nafar xodimida PZR natijalari musbat chiqqan. SHu sababli ayni paytda mazkur futbolchi va xodimlar alohida izolyaciyaga olingan va shifokorlar nazorati ostida bo'lib turibdi. Klub ixtiyorida bo'lgan qolgan futbolchilarning ahvoli hozircha qoniqarli. O'zPFL qoshida tashkil qilingan tajribali shifokorlardan iborat komissiya jarayonni to'liq nazorat qilib bormoqda.

Ertangi o'yinda O'zPFL komissiyasi azolari – Nasiba Alimova va Bobur Abdazov uchrashuv davomida ham “Navbahor” jamoasiga yaqindan ko'mak beradi.

Qayd etish joiz, mazkur Reglamentning 3.2.2 bandiga ko'ra, agar jamoa ixtiyorida 16 nafardan kam bo'lmagan maydondagi futbolchilar va 2 nafar darvozabon bo'lsa, klub o'yinga tayyor deya hisoblanadi.

Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика