PFL Ilgiz Tantashevga mukofot puli beradi
02 mar 2024 12:40
Yangiliklar
PFL Ilgiz Tantashevga mukofot puli beradi
Ular orasida Ilgiz Tantashev etakchilikni saqlab qoldi. 13 ta bellashuvda ishlagan referi deyarli 58 foiz ko'rsatkich qayd etgan. Bellashuvlar turli kayfiyat va sharoitlarda o'tishi aniq. Biroq unga hakamlar tasirini inkor qilib bo'lmaydi. Mazkur statistika nisbiy ahamiyat kasb etsa-da, yakunda Tantashev faoliyat olib borgan uchrashuvlarda futbol o'ynash uchun ko'proq imkoniyat bo'lganini tushunish mumkin.
9 ta uchrashuvda ishlagan Rustam Lutfullin bu borada eng past natija ko'rsatdi — 49,4 foiz. Qolgan barcha referilar minimum 50 talik ko'rsatkichga ilina olgan. SHuningdek, Akobir SHukurullaev (54,3), Asker Najafaliev (54), Aziz Asimov (53,8), Ahrol Risqullaev (53,8), Abdurashid Xudoyberganov (52,7) Ravshan Abduvohidov (51,8), Komil Rasulov (50) kabilar yuqorida aytilganidek 50 foizdan yuqoriroq natija qayd etgan.
Liga musobaqalardagi intensivlikni oshirish, futbolchilar, murabbiylar va hakamlarni toza hamda sog'lom futbolga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirish, antifutbolga qarshi turli yo'sinlarda kurashish ustida ishlamoqda. SHundan kelib chiqib, mazkur statistika bo'yicha eng yaxshi natija qayd etgan Ilgiz Tantashev Liga tomonidan moddiy rag'batlantiriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar